add

Ukraina urushi boshlanganidan buyon Rossiyaning «xufiyona floti» qariyb uch barobarga ortdi

04.07.2025 | 08:4511084

Rossiyaning neft tashuvchi «xufiyona floti» tankerlari soni 2022 yil boshidagi 100 ga yaqindan 2025 yil boshiga kelib 300–600 tagacha ko‘paydi. Bu haqda Safety4sea nashri Britaniyaning Dryad Global tahlil markazi hisobotiga tayangan holda xabar berdi.

Ukraina urushi boshlanganidan buyon Rossiyaning «xufiyona floti» qariyb uch barobarga ortdi
Tadqiqotga ko‘ra, Rossiya xufiyona tankerlarining taxminan 40 foizi Yevropa Ittifoqi davlatlaridan xarid qilingan. Bunday tankerlarning o‘rtacha yoshi 20–25 yilni tashkil etadi, bu esa dunyodagi tankerlar o‘rtacha yoshi (13 yil)dan ikki barobar ko‘pdir. G‘arb sanksiyalariga qaramay, Rossiya tankerlarining 200 dan ortig‘i cheklovlarga uchragan bo‘lsa-da, Moskva ularning bir qismini aylanib o‘tishga muvaffaq bo‘lib turibdi. Dryad Global hisoboti sanksiyalarni chetlab o‘tishda qo‘llaniladigan asosiy taktikalarni ochiqladi. Eng keng tarqalgan uslublardan biri avtomatik identifikatsiya tizimi (AIS) bilan manipulyatsiya hisoblanadi. Ekipajlar haqiqiy yo‘nalishni yashirish maqsadida kema turini «neft tankeri»dan boshqa kam nazorat qilinadigan toifaga o‘zgartiradi yoki transponderni butunlay o‘chiradi. Bunday holatlar Seuta yoki Ho‘rmuz tumanida ko‘p kuzatiladi. Ayrim kemalar hatto yolg‘on koordinatalar yuborib, boshqa joyda yuribdi, degan tasavvur uyg‘otadi. Shuningdek, bayro va nomni tez-tez almashtirish amaliyoti keng qo‘llaniladi. Masalan, tanker Rossiya reyestridan chiqarilib, Liberiya flagiga o‘tkaziladi va bir vaqtning o‘zida identifikatsiya ma’lumotlari o‘zgartiriladi. Yana bir usul esa mulkchilik tuzilmasini o‘zgartirish hisoblanadi. Bir yil ichida kema bir necha marta nominal egalar qo‘lidan qo‘lga o‘tadi, ammo haqiqiy egasi yashirincha qoladi. Sanksiyalarni aylanib o‘tishda yukning kelib chiqishini yashirish ham qo‘llaniladi. Lome, Seuto va Kandla hududlarida offshor yuk o‘tkazish paytida Rossiya, Eron va Venesuela neftlari aralashtirilib, mazut sifatida rasmiylashtiriladi. Bu nazoratni qiyinlashtiradi va sanksiyalar hamda narx cheklovlarining samaradorligini pasaytiradi.

Teglar

Mavzuga oid