add

Uzcosmos: Iyun oyida 10 ta viloyatda 5350 gektar yer yoqib yuborildi

27.06.2025 | 11:4034543

Kosmik monitoring natijalariga ko‘ra, somon qoldiqlarini yoqish holatlari ko‘paymoqda.

Uzcosmos: Iyun oyida 10 ta viloyatda 5350 gektar yer yoqib yuborildi
«Uzcosmos» agentligi ma’lum qilishicha, joriy yil iyun oyida respublikaning 10 ta viloyatida 639 ta holatda 5350 gektar maydonda yerlar noqonuniy ravishda yoqib yuborilgan. Bu holatlar asosan g‘alladan bo‘shagan maydonlarni arzon va tez tozalash maqsadida amalga oshirilgan. Kosmik tahlillar natijasida eng ko‘p yong‘inlar Andijon (2345,7 ga) va Surxondaryo (1823 ga) viloyatlarida qayd etilgan. Boshqa viloyatlarda ham shunday holatlar aniqlangan: Toshkent (413,5 ga), Sirdaryo (341,9 ga), Buxoro (96,3 ga), Xorazm (99,5 ga), Jizzax (74,9 ga), Farg‘ona (66,2 ga), Qoraqalpog‘iston (52 ga) va Namangan (36,7 ga). Agentlik bu harakatlar O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan 10 barobargacha jarima bilan jazolanishi mumkinligini eslatdi. Zarar katta bo‘lsa, jinoiy javobgarlik masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday yong‘inlar tabiatga katta zarar yetkazadi va ekologik muvozanatni buzadi. Shu bois, tezkor axborotlar Bosh prokuratura, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi kabi mutasaddi organlarga yuborilgan. Uzcosmos har kuni sun’iy yo‘ldoshlar orqali yong‘in holatlarini monitoring qilib borayotganini bildirgan.

Teglar

Mavzuga oid

Uzcosmos: Iyun oyida 10 ta viloyatda 5350 gektar yer yoqib yuborildi | Vaqt.uz