add

Vaqt.uz iqtisodiy haftaning asosiy voqealariga bag‘ishlangan yangi loyiha boshladi

Bugun 07:581571 Daqiqa

Vaqt.uz haftaning iqtisodiy qarorlari va jarayonlarini tahlil qiluvchi yangi ko‘rsatuvni namoyish etdi. Ilk sonda bir qator dolzarb mavzular muhokama qilindi.

 

O‘zbekistonda hafta davomida iqtisodiy sohada qabul qilingan muhim qarorlar, imzolangan bitimlar va jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan voqealarni tahlil qilishga bag‘ishlangan yangi tahliliy loyiha start oldi. Yangi ko‘rsatuv Vaqt.uz YouTube kanalining yangi mediaproyektidir.

Loyihaning ilk sonida iqtisodchi Otabek Bakirov va PhD darajasiga ega venchur investor Laylo Xondamirovna ishtirok etdi. Unda Milliy Ekoqo‘mita faoliyati, davlat-xususiy sheriklikda imzolangan yangi shartnomalar, tannarx haqidagi Prezident farmoyishi, Cobalt kontraktatsiyasi, uyali aloqa bozoridagi raqobat muhiti va choy puli atrofidagi ijtimoiy munosabatlar singari masalalar muhokama qilindi.

Tahliliy ko‘rsatuvda ayni vaqtda muhokamalarga sabab bo‘layotgan monopoliyalar va mahalliylashtiruvchi korxonalarning utilizatsiya yig‘imlari ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Loyiha YouTube platformasida joylashtirilgan bo‘lib, har hafta iqtisodiy kun tartibini qamrab oladi.

Hozircha loyiha nomi aniq emas — Vaqt.uz tomonidan eng yaxshi nom taklif etgan o‘quvchiga sovg‘a taqdim etilishi e’lon qilindi.

Ko‘rsatuv doimiy formatda davom etishi va haftalik iqtisodiy tahlilning asosiy manbalaridan biriga aylanishi rejalashtirilmoqda. Mazmun jihatidan u oddiy auditoriya uchun tushunarli, mutaxassislar uchun esa dolzarb tahliliy manba bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid