
Vazirlar Mahkamasiga ham daraxt kesish va ko‘chirishga ruxsat berish taqiqlandi
Prezident qarori bilan daraxt va butalarni kesish yoki ko‘chirishga doir hujjatlar chiqarish qabul qilish qat’iy taqiqlanadi.

19-noyabr kuni qabul qilingan prezident qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy hokimliklarga daraxt va butalarni kesish yoki ko‘chirishga ruxsat beruvchi har qanday hujjatni qabul qilish qat’iyan taqiqlandi.
Shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilishni istisno qilish yoki rioya etmasdan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish ta’qiqlanadi.
Jumladan, davlat ekologik ekspertizasi xulosasini berish, daraxt va butalarni kesish va ko‘chirishni nazarda tutuvchi Hukumatning qaror, farmoyish, bayonnoma va yozma topshiriqlarini hamda idoraviy hujjatlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hujjatlarini qabul qilish qat’iy taqiqlanadi.
2026 yil 1-martdan boshlab tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan ozod qilish tarzida imtiyoz berish bilan bog‘liq barcha qonunchilik hujjatlari va huquqiy kuchga ega ko‘rsatmalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi hamda ushbu masalada imtiyoz berish faqat qonun orqali amalga oshiriladi.
Avvalroq tuman ekologiya bo‘limlari hokimlik tuzilmasiga o‘tkazilmasligi haqida xabar bergandik.





