add

XDP moped va skuterlar uchun guvohnoma talabini tanqid qildi

O‘zbekistonda 1 oktyabrdan moped va skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi majburiy bo‘lishi belgilangan. Bu qaror jamoatchilikda bahslarga sabab bo‘ldi. Xalq demokratik partiyasi esa bunday tartibga qarshi chiqib, rasmiy bayonot berdi.

XDP moped va skuterlar uchun guvohnoma talabini tanqid qildi
XDP moped va skuterlar uchun guvohnoma talabiga qarshi chiqdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi. Partiya ma’lumoticha, hozirgi kunda taxminan 130 mingga yaqin yoshlar kurerlik xizmatidan asosiy daromad olib kelmoqda. Guvohnoma talabini joriy qilish esa ularning mehnat faoliyatiga jiddiy to‘siq yaratishi mumkin. XDP fikricha, davlat tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va barqaror ish o‘rinlari yaratish yo‘nalishidagi siyosat davom etayotgan bir vaqtda, bu qaror yoshlarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Ular mehnati orqali daromad topayotgan bir paytda yangi tartib ko‘plab yoshlarni ishsiz qoldirishi mumkinligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan partiya moped va skuterlar uchun haydovchilik guvohnomasi talabini 2026 yilgacha kechiktirishni taklif qildi. Shuningdek, guvohnoma va davlat raqamlarini olish muddatlari hamda to‘lov miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi aytildi. XDP O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish va o‘zini o‘zi band qilganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro maydonda e’tirof etilganini eslatdi. Partiya bu masala bo‘yicha davlat siyosatiga mos va samarali yechim topish maqsadida deputatlik so‘rovi kiritishini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, 2024 yil iyul oyidagi hukumat qaroriga muvofiq moped va skuterlar uchun alohida davlat raqam belgilari joriy etilgan, shuningdek, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilangan edi. Yangi qoidalarga ko‘ra, guvohnomasiz transport boshqarganlar jarimaga tortiladi.

Teglar

Mavzuga oid

XDP moped va skuterlar uchun guvohnoma talabini tanqid qildi | Vaqt.uz