add

Xitoy ehtiyotkorlikni yig‘ishtirib qo‘ydi va Rossiyaga ochiqchasiga yordam bermoqda

Xitoy Ukrainadagi urushga avval ehtiyotkorlik bilan yondashgan bo‘lsa-da, endi Rossiyaga harbiy jihatdan ochiq ko‘mak ko‘rsata boshlagani haqida dalillar ko‘paymoqda.

Xitoy ehtiyotkorlikni yig‘ishtirib qo‘ydi va Rossiyaga ochiqchasiga yordam bermoqda
Xitoy Rossiyaga nisbatan ehtiyotkorlik siyosatidan voz kechib, harbiy hamkorlikni ochiq shaklda amalga oshira boshladi. Bu haqda The Economist nashri maxsus tahlil asosida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Rossiyaning urib tushirilgan dronlarida Xitoyda ishlab chiqarilgan qismlar aniqlanmoqda va bu Xitoyning o‘ziga xos harbiy ko‘magi hisoblanadi. Nashr yozishicha, ilgari Rossiya "Shahed" dronlarini Osiyo orqali kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan Amerika elektronikasi bilan jihozlagan. Endi esa ularning o‘rnini Xitoyda ishlab chiqarilgan antenna va boshqa qismlar egallamoqda. The Economist tahlilchilarining fikricha, Xitoy endi faqat elektron qismlar bilan cheklanmay, artilleriya o‘q-dorilari va harbiy dronlarni ham Rossiyaga yetkazayotgan bo‘lishi mumkin. Jurnalistlar Xitoyning bu harakatlarini Rossiyaning harbiy mashinasida hal qiluvchi omil sifatida baholamoqda. Ma’lum qilinishicha, olingan namunalardan birida 15 ta texnik qismdan atigi ikkitasi AQSHda ishlab chiqarilgan, qolganlari esa Xitoy mahsulotlari bo‘lgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyadagi ishlab chiqarish ob’ektlarida Xitoy vakillari borligini aytib o‘tgan. Yevropa Mudofaa vazirligi bu ma’lumotni tasdiqlagan.

Teglar

Mavzuga oid