add

Xorazm hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Bugun 19:071 daqiqa

Viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Anvar Davletov hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Xorazm hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Anvar Kenjayevich Davletov Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Anvar Davletov 1985 yil Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.

U viloyat hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi, Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.

Anvar Davletov 2023 yildan beri Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 3-fevral kuni Samarqand viloyatining 2 tumaniga hokimlar tayinlangan edi.

Teglar

Mavzuga oid