add

Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit va’dasi bilan pul olgan shaxslar qo‘lga olindi

27.05.2025 | 19:3049242

Xorazm va Andijon viloyatlarida fuqarolarni imtiyozli kredit olib berish bahonasida aldab pul olgan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.

Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit va’dasi bilan pul olgan shaxslar qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.J. o‘zini bankda ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd so‘m imtiyozli kredit olib berishga va’da berib, O.B.dan 150 mln so‘m pul olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi holat Andijon viloyatida ham qayd etildi. Fuqaro U.O. Andijon shahar bank xizmatlari markazida ishlovchi tanishlari orqali 100 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratib berishini aytib, B.M.dan 1 000 AQSH dollarini olgan paytda qo‘lga tushgan. Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid