add

«Yerusti halqa yo‘li» metro yo‘nalishi 1 noyabrdan harakatlanadi

13.10.2025 | 14:3034753

«Toshkent metropoliteni» DUK ning ma’lum qilishicha «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi profilaktika ishlari yakunlandi. Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash va harakat tezligini ikki baravar oshirish maqsadida yo‘l 1 noyabrdan ochilishi kutilmoqda.

«Yerusti halqa yo‘li» metro yo‘nalishi 1 noyabrdan harakatlanadi
«Toshkent metropoliteni» DUK ning xabar berishicha, «Yerusti halqa yo‘li» metro yo‘nalishi yaqin kunlarda o‘z faoliyatini qayta boshlaydi. «Texnopark – Qipchoq» bekatlari oralig‘ida 14 ta bekatda harakat vaqtincha to‘xtatilgan edi. Bu qaror rejali profilaktika ishlarini amalga oshirish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Xalqaro amaliyotga ko‘ra, metro tizimlarida ma’lum muddat foydalanilgandan keyin tekshiruv va ta’mirlash ishlarini o‘tkazish zarur hisoblanadi. Rejali ishlar doirasida yo‘l holati to‘g‘rilandi, nosoz shpallar almashtirildi, drenaj tizimi ko‘rikdan o‘tkazildi hamda shag‘allar tekshirildi. Mazkur ishlar transport infratuzilmasini yaxshilash va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Dastlab yo‘nalish 18 oktyabrda ochilishi mumkinligi aytilgan edi. Biroq, sinov jarayonlarini takomillashtirish va poyezdlar harakatini tezlashtirish maqsadida ochilish sanasi 1 noyabrga ko‘chirildi. Hozirda poyezdlar sinov tariqasida, yo‘lovchilarsiz harakatlanmoqda. Metropoliten ma’muriyati ma’lum qilishicha, sinov natijalari muvaffaqiyatli yakunlangandan va barcha texnik talablar to‘liq tasdiqlangandan so‘ng yo‘nalish rasman foydalanishga topshiriladi. Bu o‘zgarishlar natijasida poyezdlar intervali qisqarib, yo‘lovchilar uchun qulaylik darajasi oshishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid