add

Yil yakunigacha ishga tushgan elektr stansiyalarining o‘rnatilgan quvvati 28 GWga yetadi

2025 yil so‘ngiga qadar 3000 MWdan ortiq quyosh va shamol, 1167 MW quvvatli IES foydalanishga topshiriladi.

Yil yakunigacha ishga tushgan elektr stansiyalarining o‘rnatilgan quvvati 28 GWga yetadi

Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, generatsiya quvvatlarini oshirish sohadagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Agar 2016 yilgacha mamlakatda 3 GWdan ortiq yangi quvvatlar ishga tushirilgan bo‘lsa, oxirgi sakkiz yil ichida bu ko‘rsatkich 15 GWdan oshdi.

Yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilgan elektr stansiyalari umumiy o‘rnatilgan quvvati 28 GWga yetishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston energetika tarixida eng yuqori darajalardan biri bo‘ladi.

Hozirgi kunda elektr energiyasi ishlab chiqarishda “yashil” energiya manbalari ulushi 23 foizni tashkil etmoqda. Yil oxiriga qadar 3000 MWdan ortiq quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalari, 1 167 megavattli issiqlik elektr stansiyasi hamda 1500 MWdan ziyod energiya saqlash tizimlari ishga tushiriladi.

Bundan tashqari, 40 MW umumiy quvvatga ega 59 ta mikro GES faoliyat boshlagan, yana 15 MW quvvatli 13 ta yangi mikro stansiya qurilishi yakunlanmoqda.

Avvalroq bu yilgi kuz-qish mavsumida ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari natijasida 20 million kW elektr energiyasi va 2,8 million metr kub gaz tejalishi kutilyotgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid