add

Yonib ketayotgan mashinalar: sifat pastmi yoki haydovchi e’tiborsiz?

03.07.2025 | 18:2016428

Yozning jazirama kunlari boshlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarning yonishi bilan bog‘liq xabarlar tez-tez tarqalmoqda. Xo‘sh, bu holatlar tasodifmi, texnik nosozlikmi yoki haydovchilarning beparvoligimi?

Yonib ketayotgan mashinalar: sifat pastmi yoki haydovchi e’tiborsiz?
Garchi O‘zbekistonda bu borada aniq statistika e’lon yuritilmayotgan bo‘lsa-da, Toshkent shahar FVB mutasaddilari yil boshidan buyon faqat poytaxt Toshkent shahrida yengil avtomobillar yongani haqida 50 dan ortiq xabarlar bergan.   Dunyodagi holat qanday? Statistikaga nazar tashlansa, birgina AQSH da har yili taxminan 180 mingdan ortiq avtomobil yong‘ini sodir bo‘lgan va natijada 300 dan ziyod odam halok bo‘lgan.Shulardan 21 foizida elektr tizimidagi nosozliklar, 11 foizida haydovchining e’tiborsizligi, 10 foizida mexanik muammolar va yana 8 foizida boshqa omillar sabab bo‘lgan.   Elektromobillar xavfsizroqmi? Mashina turlari bo‘yicha esa har 100 mingtadan  elektromobillarda 25 ta, ichki yonuv dvigatelli avtomobillarda esa 1530 ta yong‘in kuzatilgan. Elektromobillar boshqalar bilan solishtirilganda yonib ketish ehtimoli eng past hisoblanadi. Ammo shuni ham ta’kidlash joizki, elektromobillar yong‘inlari biroz murakkabroq, uni oddiy suv bilan o‘chirishda muammolar kelib chiqishi mumkin. Avtoyongin4   Muammo sifat pastligimi? O‘zbekistonda aksariyat haydovchilar yong‘in sababini avtomobillarning sifati pastligida, deb bilishadi. Ayniqsa mahalliy ishlab chiqarilayotgan avtomobillar modellarida elektr simlarining tez qizib ketishi, qisqa tutashuvlar yong‘inga sabab bo‘lsa, texnik nosozliklar va sifatsiz aksessuarlari borasida ham shikoyatlar ko‘p. Avtomobillarga keyinchalik qo‘shimcha tarzda o‘rnatilgan gaz uskunalari yoki signalizatsiya tizimlari ham muammoning bosh omili sifatida ko‘riladi. Avtoyongin E’tiborsizlik oqibati Boshqa tomondan, mashinalar yong‘inining sababi sifatida haydovchilarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari ham keltirilmoqda. Xususan, arzon, sifatsiz gaz ballonlarining o‘rnatilishi; noto‘g‘ri quvvatlash; elektr tizimlarining mutaxassis bo‘lmaganlar tomonidan tuzatilishi; yil davomida texnik ko‘rikka bormaslik; yoqilg‘i va moylarning oqishiga e’tibor bermaslik ham avtomashinada yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi  mumkin.   Issiq ob-havo ham ta’sir qilyaptimi? Ba’zilar mashina yong‘inlarini issiq ob-havo bilan bog‘lashadi. Issiq havo harorati o‘z-o‘zidan mashinani yoqmaydi. Biroq avtomobildan yonilg‘i oqishi, elektr simlarining erishi, batareya nosozligi, qisqa tutashuvlar issiqda yuzaga kelganda yong‘in xavfini oshiradi. Bundan tashqari, avtomobil salonida qoldirilgan buyumlar: zaryadlovchi qurilmalar, dezodorant, tanga va hatto eng kichik linza ham yong‘in chiqarishi mumkin. AQSHdagi avtomobillarda ro‘y beradigan yong‘inlarining 10-15 foizi issiq ob-havo yoki yuqori harorat bilan bog‘liq nosozliklar tufayli yuzaga kelgan. O‘zbekiston iqlimida esa bu xavf yanada yuqoriroq bo‘lishi mumkin.   Qonun nima deydi? Qonunchilikka ko‘ra, ya’ni «Iste’molchi huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra avtomobil yong‘inida ishlab chiqaruvchining aybi isbotlansa, haydovchi sud orqali kompensatsiya olish huquqiga ega. Ammo amaliyotda bunday da’volar deyarli ro‘y bermaydi. Buning sababi esa —  texnik ekspertizaga ishonchsizlik va huquqiy savodxonlikning pastligidan.   Yong‘inning oldini olish mumkin Avtomashinangizda yong‘in kelib chiqmasligi uchun texnik ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tkazing. Shuningdek, har doim o‘t o‘chirgich bo‘lishi shart, gaz uskunalarini esa faqat litsenziyaga ega ustalarga o‘rnattiring, yonilg‘i va moylarning oqishiga e’tiborli bo‘ling, mashina salonida chekmang, elektr tizimlariga o‘zboshimchalik bilan aralashmang, pechka, LED chiroqlarni o‘rnatishda mutaxassisga murojaat qiling, sifatli va izolyatsiyalangan simlardan foydalaning, benzin yoki gaz hidini sezsangiz, mashinani darhol to‘xtating, elektromobillarga esa ishonchli quvvatlovchi ishlating. Avtomobil yong‘ini  ko‘pincha oldini olish mumkin bo‘lgan sabablardan kelib chiqadi. Mashinangizni texnik jihatdan soz saqlang, mutaxassis tavsiyalariga amal qiling va ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ymang — bu sizning ham, yo‘lovchilaringizning ham hayotini saqlab qoladi. Ruxsora Jovliyeva tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid