
Zelenskiy urushdan keyin prezidentlikdan ketishga tayyor
25.09.2025 | 15:3015184
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «Axios Show» dasturiga bergan intervyusida mamlakatda tinchlik o‘rnatilgandan so‘ng u prezidentlik lavozimini tark etishga tayyor ekanini bildirdi.

Zelenskiy Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasidan qaytishdan oldin jurnalist Barak Ravid bilan suhbatda prezidentlik lavozimini tark etishga tayyorligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsad — urushni yakunlash, tinchlikdan keyin esa mamlakatni boshqarish niyati yo‘q. Uning aytishicha, agar bir necha oylik otashkesim e’lon qilinsa.
«Agar bir necha oylik otashkesim e’lon qilinsa, men parlamentga signal berib, saylovlarni tashkil etish zarurligini bildirishim mumkin» — dedi ZelenskiyAmalda Ukraina Konstitutsiyasi harbiy holat davrida saylov o‘tkazishni qat’iy taqiqlaydi. Shu bilan birga, mamlakat hududining taxminan 20 foizi Rossiya tomonidan bosib olingani va millionlab ukrainaliklar ko‘chirilgani tufayli xavfsizlik muammolari ham jiddiy to‘siq bo‘lib turibdi. Zelenskiyning fikricha, vaqtinchalik otashkesim sharoitida saylov o‘tkazish imkoni paydo bo‘lishi mumkin. Prezident so‘nggi yillarda katta siyosiy bosimlarga duch keldi. Joriy yil iyulida uning parlamentar ittifoqchilari korrupsiyaga qarshi mustaqil tuzilmalar vakolatlarini cheklashga harakat qilganidan so‘ng Kiyevda namoyishlar o‘tkazildi. Bu qaror tezda bekor qilingan bo‘lsa-da, Zelenskiyning demokratik yo‘nalishi borasida savollar tug‘dirdi. Zelenskiy 2019 yilda saylovlarda mutlaq g‘alaba bilan prezident bo‘lgan. Urush boshlanishida uning reytingi 90 foizdan yuqori ko‘tarilgan, hozirda esa so‘rovlarda 60 foizdan ortiq ko‘rsatkichni saqlab turibdi. Agar u parlamentga saylovlar tashkil etish bo‘yicha qonun kiritsa, partiyasining katta ko‘pchilik ovozlari tufayli qonun loyihasi osonlik bilan qabul qilinishi ehtimol. Avvalroq Zelenskiy Putinga Qozog‘istonda uchrashishni taklif qilgan edi.





