Logo

2-sentabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Бугун 14:002 дақиқа

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, janubiy viloyatlarda havo 37 darajagacha isiydi. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin.

2-sentabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin © RBC

«O‘zgidromet» 2-sentabr, chorshanba kuni uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esadigan shamol tezligi 3–8 metr/sekundni tashkil etadi. Harorat kechasi 15–17 daraja, kunduzi 28–30 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7–12 metr/sekundni tashkil etib, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11–16 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgacha, ba’zida esa 20–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatiladi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroq Samarqand viloyatining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esib, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatiladi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryoning ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi va ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatiladi. Harorat kechasi 16–21 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esadigan shamol tezligi 7–12 metr/sekundni tashkil etib, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.

Теглар

Мавзуга оид