Logo

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi

Бугун 16:311 дақиқа

Asosiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishi mumkin. Bu haqda 18-avgust Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum  qilindi.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi © Sardor Rajabov Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari

Asosiy kirish imtihonlarida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun qo‘shimcha imkoniyat beriladi. Bu haqda 2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Bunda abituriyentlar o‘zlari to‘plagan ball va tegishli fanlar majmuasidan kelib chiqib, qo‘shimcha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Ushbu imkoniyat balli yetmay qolgan va yo‘nalish tanlamagan talablarga tegishli. 

Vaqt.uz muxbiri xabar berishicha, ushbu imkoniyatdan foydalanish jarayoni kelasi haftalardan boshlanishi aytilgan. Biroq aynan boshlanish sanasi hozircha e’lon qilinmadi.

Amaldagi tartib qanday edi?

Amaldagi qabul tizimida abituriyentlar dastlab test sinovida qatnashadi, keyin esa oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. 2026/2027 o‘quv yilida ushbu tanlov bosqichi 25-iyuldan boshlangan va 8-avgustda yakunlangan.

Shu bilan birga, asosiy mandat natijalari e’lon qilinganidan keyin ayrim OTM va ta’lim yo‘nalishlarida vakant o‘rinlar qolishi mumkin. Qo‘shimcha tanlov mexanizmi ana shu bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish imkonini beradi.

Vazirlik vakiliga ko‘ra, qo‘shimcha tanlovning aniq sanasi va unda ishtirok etish tartibi alohida e’lon qilinadi.

 

 

 

 

Теглар

Мавзуга оид