Logo

«Avtomobilsiz kun»da avtomobil mingan mansabdorlar javobgarlikka tortiladi

Бугун 12:151 дақиқа

10-avgust, bugun O‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi.

«Avtomobilsiz kun»da avtomobil mingan mansabdorlar javobgarlikka tortiladi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

10-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Prezidentning 2026 yil 25-martdagi «Toza havo» umummilliy loyihasiga oid farmoniga muvofiq, aksiya har oyning 10 va 25 sanalarida tashkil etiladi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tashabbus avtotransport vositalaridan havoga chiqadigan zararli tashlamalarni qisqartirish, ekologik barqaror muhitni shakllantirish hamda aholi o‘rtasida jamoat transporti va ekologik toza transport vositalaridan foydalanish madaniyatini ommalashtirishga qaratilgan.

Qoidabuzarlar javobgar bo‘ladi

Farmon talablariga muvofiq, aksiya doirasida davlat fuqarolik xizmatchilariga xizmat va shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanmaslik talabi qo‘yilgan.

Mazkur talabni buzgan davlat fuqarolik xizmatchilari belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.

«Ekologiya milliy qo‘mitasi barcha davlat va nodavlat tashkilotlar hamda yurtdoshlarimizni aksiyalarda faol qatnashishga, atmosferaga zararli tashlamalar chiqarmaydigan «yashil» transport vositalari, elektromobillar va jamoat transportidan ko‘proq foydalanishga chaqiradi», — deyiladi qo‘mita xabarifa.

Теглар

Мавзуга оид

«Avtomobilsiz kun»da avtomobil mingan mansabdorlar javobgarlikka tortiladi | Vaqt.uz