Logo

Banklarda har 100 million so‘mlik kreditning qariyb 4 million so‘mi muammoli

Бугун 11:492 дақиқа

Iyul oyida jami muammoli kreditlar 23,9 trln so‘mga yetgan. Davlat ulushi mavjud banklar jami NPLning 70 foizdan ortig‘ini tashkil qilmoqda. NPL ulushi eng yuqori TBC bankda, eng yirik muammoli kredit portfeli esa O‘zmilliybankda qayd etilgan.

Banklarda har 100 million so‘mlik kreditning qariyb 4 million so‘mi muammoli

O‘zbekistonda tijorat banklarining 2026 yil 1-avgust holatiga ko‘ra kredit portfeli 644,6 trln so‘mga yetdi. Shundan 23,9 trln so‘m qaytishi muammoli bo‘lgan kreditlar — NPL hisobiga to‘g‘ri keladi.

Boshqacha aytganda, banklar mijozlarga bergan har 100 mln so‘m kreditning qariyb 3,7 mln so‘mi qaytishi muammoli bo‘lmoqda.

Ammo umumiy raqam banklar o‘rtasidagi vaziyatni to‘liq ko‘rsatmaydi. Ayrim banklarda NPLning mutlaq summasi katta bo‘lsa-da, ularning umumiy kredit portfeli ham juda katta.

Eng katta NPL ulushi qaysi banklarda shakllandi?

Muammoli kreditlarning mutlaq hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda O‘zmilliybank turibdi — 3,2 trln so‘m.

Undan keyingi o‘rinlarda Agrobank — 3,18 trln so‘m, Mikrokreditbank — 2,28 trln so‘m, O‘zsanoatqurilishbank — 1,91 trln so‘m va Asakabank — 1,78 trln so‘m joylashgan.

Biroq bu raqamlarni banklarning umumiy kredit portfeliga nisbatan tahlil qilinsa, ulushlar ancha kichik. Masalan, O‘zmilliybankning kreditlari 105,5 trln so‘m bo‘lsa, undagi NPL 3,2 trln so‘mni tashkil etadi. Natijada muammoli kreditlarning ulushi 3,03 foiz bo‘lgan.

Mikrokreditbankda esa vaziyat boshqacha: bankning jami kreditlari 23,1 trln so‘m, NPL esa 2,28 trln so‘m. Bu kredit portfelining 9,87 foizi muammoli ekanini anglatadi.

Ya’ni, NPL summasi bo‘yicha O‘zmilliybank oldinda, ammo kredit portfelining sifati bo‘yicha Mikrokreditbankning holati ancha og‘irroq.

NPL ulushi eng yuqori banklar

Kredit portfelining qanchalik katta qismi muammoli ekanini ko‘rsatadigan asosiy ko‘rsatkich — NPL ulushi.

Bank

Jami kredit

NPL

NPL ulushi

TBC bank

7,94 trln

1,04 trln

13,07%

Poytaxt bank

579,7 mlrd

61,1 mlrd

10,54%

Mikrokreditbank

23,12 trln

2,28 trln

9,87%

Anor bank

12,39 trln

946,3 mlrd

7,64%

Garant bank

1,62 trln

115,5 mlrd

7,15%

AVO bank

1,45 trln

95,8 mlrd

6,61%

Biznesni rivojlantirish banki

26,22 trln

1,53 trln

5,84%

Madad Invest bank

583,7 mlrd

32,0 mlrd

5,48%

Ziraat Bank Uzbekistan

2,45 trln

117,6 mlrd

4,81%

Saderat bank

8,7 mlrd

406,6 mln

4,69%

TBC bankda har 100 so‘mlik kreditidan 13 so‘mdan ko‘prog‘i muammoli. Poytaxt bankda esa bu ko‘rsatkich 10,5 so‘m, Mikrokreditbankda 9,9 so‘m atrofida.

Davlat banklarida muammoli kreditlar ko‘proq

Bank tizimidagi muammoli kreditlarning katta qismi davlat ulushi mavjud banklarda to‘plangan.

Ularning jami kredit portfeli 421,9 trln so‘m, NPL hajmi esa 16,8 trln so‘mни tashkil etgan. Bu davlat ulushi mavjud banklar barcha kreditlarning 65,4 foizini berganini, ammo jami NPLning 70,2 foizi ham shu banklar hissasiga to‘g‘ri kelishini anglatadi.

Ushbu banklar guruhida NPL darajasi 3,98 foiz bo‘lgan. Qolgan banklarda esa bu ko‘rsatkich 3,20 foizни tashkil qilgan.

Qaysi banklarda muammoli kreditlar deyarli yo‘q?

KDB Bank O‘zbekiston va Oktobankda umuman NPL qayd etilmagan.

Apex bankda muammoli kreditlar ulushi atigi 0,055 foiz, Uzum bankda esa 0,009 foiz bo‘lgan.

Ya’ni bir bankda har 100 so‘mlik kreditning 13 so‘mdan ortig‘i muammoli bo‘lsa, boshqa banklarda bu ko‘rsatkich 0,01 so‘mga ham yetmaydi.

Теглар

Мавзуга оид