Logo

Buklanadigan «iPhone» sovutish tizimi bilan jihozlanadi

Бугун 16:421 дақиқа

Qurilma yuqori yuklamalarda qizib ketishning oldini olish uchun maxsus sovutish texnologiyasi bilan jihozlanishi mumkin.

Buklanadigan «iPhone» sovutish tizimi bilan jihozlanadi

Apple kompaniyasining birinchi buklanadigan «iPhone» modeli ustidagi ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda. «GizmoChina» nashrining yozishicha, «Fixed Focus Digital» insayderi qurilmada samarali issiqlik tarqatish tizimi qo‘llanilishini ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «iPhone Ultra» deb ataladigan smartfon bug‘latish kamerasi bilan jihozlanadi. Ushbu texnologiya qurilma ichida hosil bo‘ladigan issiqlikni tezroq tarqatishga yordam beradi. Bu esa katta egiluvchan displey va bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarishda barqaror ishlashni ta’minlashi mumkin.

Yangi model korpusi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi model juda yupqa korpusga ega bo‘ladi. Qurilmaning ochilgan holatdagi qalinligi taxminan 4,5–5 millimetrni tashkil etishi kutilmoqda. Mutaxassislar fikricha, aynan shunday yupqa konstruksiyada issiqlikni samarali boshqarish muhim texnik vazifalardan biri hisoblanadi.

Taxminlarga ko‘ra, smartfon yig‘ilgan holatda 9–9,5 millimetr qalinlikka ega bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich uni bozordagi boshqa buklanadigan qurilmalar bilan raqobatlasha oladigan darajaga olib chiqishi mumkin.

Kutilayotgan xususiyatlar


Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, buklanadigan «iPhone» 7,8–8 dyuymli ichki ekran va qo‘shimcha tashqi displey bilan jihozlanadi. Shuningdek, unda A20 seriyali protsessor, Touch ID barmoq izi skaneri hamda qo‘sh asosiy kamera tizimi bo‘lishi kutilmoqda.

Apple bug‘latish kamerasi texnologiyasini avvalroq «iPhone 17 Pro» modellarida ham qo‘llagan edi. Shu bois ushbu yechimning buklanadigan iPhone’da ham paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori baholanmoqda.

Теглар

Мавзуга оид