Logo

Dushanba kuni harorat 31 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бугун 17:552 дақиқа

O‘zbekistonda 17-avgust kuni havo issiq va ayrim hududlarda shamolli bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda harorat 41 darajagacha ko‘tarilsa, bir qator viloyatlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Dushanba kuni harorat 31 darajagacha tushishi kutilmoqda © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

O‘zbekistonda 17 -avgust, dushanba kuni ayrim hududlarda kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Kunduzi eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryoda 41 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi paytlarda 12–14 metr/sekundgacha kuchayishi va chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21–23, kunduzi 34–36 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esib, 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 17–22, kunduzi 31–36 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo kechga tomon ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19–24, kunduzi 31–36 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol ayrim joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 19–24, kunduzi 33–38 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kunduzi harorat 32–37 daraja atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunduzgi harorat 36–41 darajagacha ko‘tariladi. Shamol ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 18–23, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi. Shamolning 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi ehtimoli bor.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida harorat nisbatan salqin bo‘lib, kechasi 13–18, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид