Eron AQSH bilan muzokaralarni to‘xtatdi

Ushbu qaror Isroilning zarbalari ortidan qabul qilingan.

Eron AQSH bilan muzokaralarni to‘xtatdi

Eronlik muzokarachilar AQSH vakillari bilan xabar almashishni to‘xtatdi. Bu haqda Eronning davlatga qarashli «Tasnim» agentligi ma’lum qildi.

Ushbu qaror Isroilning Livandagi «Hizbulloh» guruhi obyektlariga bergan zarbalari ortidan qabul qilingan. Eron tomonining ta’kidlashicha, Livan AQSH bilan tuzilgan sulh shartlari qatoriga kiritilgan edi, biroq jangovar harakatlar barcha jabhalarda davom etmoqda.

Shuningdek, Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanishni to‘liq to‘sib qo‘yish va boshqa jabhalarni, jumladan, Bob ul-Mandab bo‘g‘ozini ham faollashtirish niyatida ekanini bildirgan.

Sulhning buzilishi va o‘zaro zarbalar

Eron va AQSH joriy yilning aprel oyi boshida sulhga kelishib olgan edi. Bir necha hafta o‘tgach, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi Isroil va Livanga ham tatbiq etildi. Biroq kelishuvga qaramay, tomonlar o‘zaro zarbalar berishni davom ettirmoqda.

Xususan, may oyi oxirida AQSH Eronga yangi «mudofaa zarbalarini» yo‘lladi, Tehron esa bunga javoban Amerika aviabazasiga hujum qilganini e’lon qildi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Livanda quruqlikdagi operatsiyani kengaytirish hamda Bayrutning janubiy chekkalariga, jumladan, «Hizbulloh»ning asosiy tayanchi bo‘lgan Daxiyaga zarbalar berishga buyruq berdi. Eron esa Isroilning bu bosqinchilik harakatlarini sulhni buzish deb baholab, buning oqibatlaridan ogohlantirdi.

Ayni paytda Eron va AQSH urushni yakunlash bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Isroilning Livanga berayotgan zarbalari muzokaralar jarayonini yanada sekinlashtiryapti.

Теглар

Мавзуга оид