Eronning yangi oliy rahnamosi Mo‘jtabo Xomanaiy yaralandi

10.03.2026 | 14:553 дақиқа

Eron OAV otasi oyatulloh Ali Xomanaiy vafotidan so‘ng rahbarlikka saylanganiga hali ko‘p bo‘lmagan Mo‘jtabo AQSH va Isroil bilan davom etayotgan urushda jarohat olganini xabar qildi.

Eronning yangi oliy rahnamosi Mo‘jtabo Xomanaiy yaralandi

Eron davlat telekanallari hozircha hujum tafsilotlarini ochiqlamayotgan bo‘lsa-da, Mo‘jtaba Xomanaiyni rasman «Janbaz» (jang maydonida yaralangan faxriy) deb atay boshladi. Eronda «Janbaz» unvoni faqat bevosita harbiy to‘qnashuvlarda tan jarohati olgan shaxslarga nisbatan ishlatiladi.

Hujum qanday yuz berdi?

Xalqaro nashrlarning yozishicha, Mo‘jtaba Xomanaiy «Ramazon urushi» deb atalayotgan keng ko‘lamli harbiy operatsiyalar davomida Isroil aviatsiyasining nishoniga aylangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba yangi lider bo‘lgan hududdagi strategik nuqtaga berilgan. Eslatib o‘tamiz, uning otasi Ali Xomanaiy ham AQSH va Isroilning birgalikdagi ilk havo hujumlarida halok bo‘lgan edi.

Isroil razvedka xizmatlari o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng Mo‘jtaba Xomanaiyning tirik qolganiga ishonch bildirmoqda. Biroq, uning jismoniy holati va davlatni boshqarish qobiliyati qaysi darajada ekanligi hozircha noma’lum. Tehron esa o‘z rahbarining salomatligi borasidagi har qanday ma’lumotni qat’iy sir tutmoqda, bu esa turli taxminlarning urchishiga sabab bo‘lmoqda.

Eronning yangi rahbariga qilingan hujum Tehron tomonidan «qizil chiziq»ning kesib o‘tilishi sifatida baholanishi mumkin. Dunyo hamjamiyati hozirda Eronning ehtimoliy javob qaytarish choralarini va Isroilning keyingi strategiyasini diqqat bilan kuzatmoqda.

Mo‘jtabo kim?

U 1969-yil 8-sentabrda Mashhadda tug‘ilgan. Mojtaba 1987-yilda o‘rta maktabni tamomlagach, Islom inqilobi muhofizlari korpusi bilan bog‘liq bo‘lgan «Habib» ixtiyoriy bataloni safiga qo‘shildi va yakunlanish arafasida bo‘lgan Eron–Iroq urushida janglarda ishtirok etdi. Bu bo‘linmada xizmat qilish Mojtaba Homanaiyga Eron xavfsizlik tizimi ichida aloqalar o‘rnatishga yordam berdi — uning ko‘plab safdoshlari keyinchalik Islom inqilobi muhofizlari korpusi va boshqa tuzilmalarda yuqori lavozimlarni egalladi.

1989-yil yozida Eronning birinchi oliy rahbari Ruhollo Humayniy vafot etdi va ko‘p o‘tmay Ali Homanaiy uning vorisi etib saylandi. Mo‘jtabo esa 1990-yillarda Qumdagi seminariyada shialarning eng taniqli konservativ ulamolaridan ta’lim oldi. Keyinchalik u ham seminariyada dars bera boshladi

Eron muxolifati Homanaiyni Islom respublikasidagi eng ta’sirli siyosiy shaxslardan biri deb ataydi, garchi u ko‘zga ko‘ringan lavozimlarda ishlamagan va keng jamoatchilikka unchalik tanish bo‘lmagan bo‘lsa ham. Mojtaba otasining kanselyariyasini boshqargan va boshqalar uchun u bilan munosabatlarda vositachi vazifasini bajargan.

2019-yilda AQSH hukumati unga qarshi sanksiyalar joriy etgan va Ali Homanaiy o‘z rahbarlik vakolatlarining bir qismini o‘g‘liga topshirganini bildirgan.

2004-yilda Mojtaba Homanaiy Zaxra Haddad-Adelga uylangan — u Eron parlamentining sobiq raisi va taniqli konservativ siyosatchi G‘ulam-Ali Haddad-Adelning qizidir. U ham marhum oyatulloh Ali Xomanaiy kabi 2026 yil 28-fevral kuni AQSH va Isroilning Tehronga bergan zarbalari paytida halok bo‘lgan. OAV xabarlariga ko‘ra, ularning nikohidan uch nafar farzand tug‘ilgan, ammo ular haqida batafsil ma’lumotlar yo‘q.

Eron davlat televideniyesi Mo‘jtabo Xomanaiy ingliz tilini bilishini va psixologiya hamda psixoanaliz bo‘yicha ixtisoslashgan kurslarni tamomlaganini ma’lum qildi. Efirda u zamonaviy texnologiyalar, harbiy fanlar va xavfsizlik ishlarini ham o‘rgangani aytildi.

Eslatib o‘tamiz, 8-mart kuni Oliy rahbarini tanlash vakolatiga ega bo‘lgan 88 a’zodan iborat Ekspertlar kengashi marhum rahbarning o‘g‘li Mo‘jtabo Xomanaiyni otasining vorisi deb e’lon qilgandi.

Теглар

Мавзуга оид