Logo

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi?

Бугун 13:251 дақиқа

7-11-sentabr kunlari respublika hududlarida asosan quruq va iliq havo kuzatiladi, ammo ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va kuchli shamol bo‘lishi mumkin.

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi? © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Yangi ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Ma’lumotlarga ko‘ra, faqat ayrim kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va 10-11-sentabr kunlari esa Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Hafta davomida harorat foni kechalari +15...+20 daraja, kunduz kunlari +32...+37 daraja atrofida nisbatan tekis bo‘lishi kuzatiladi. Respublikaning shimoli-g‘arbida kunduzgi harorat +30...+33 darajadan +25...+28 darajagacha biroz pasayadi.

7 va 11-sentabr kunlari respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 8-10-sentabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 11=sentabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ldi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +17...+20 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari +32...+34 darajadan +35...+37 darajagacha o‘zgarib turadi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Теглар

Мавзуга оид