Ilon Mask AQSHdagi har bir bolaga SpaceX aksiyasini sovg‘a qilmoqchi
U bu ishni 2027-yilda amalga oshirmoqchi.

2027-yilda amerikalik milliarder Ilon Mask AQSHdagi har bir bolaga bittadan SpaceX aksiyasini sovg‘a qiladi. Bu haqda tadbirkor o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, mazkur aksiya u tomonidan rejalashtirilgan shunga o‘xshash ko‘plab tashabbuslarning faqatgina birinchi qadami bo‘ladi.
«Keyingi yilda men Amerikadagi har bir bolaga o‘zimning SpaceX aksiyalarimdan bittadan sovg‘a qilaman», — deb yozgan milliarder o‘z postida.
Hozircha tadbirkor mazkur tashabbusning tafsilotlarini oshkor qilmagan hamda aksiyalarni topshirish jarayoni qanday tashkil etilishiga aniqlik kiritmagan. Ushbu xabar haqida NUR.KZ nashri ma’lumot bermoqda.
Foydalanuvchilar reaksiyasi
Milliarderning ushbu bayonoti tarmoq foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar tadbirkorning bu qarorini saxiylik deb baholab, unga minnatdorlik bildirgan.
«Bu aql bovar qilmaydi!! Ehtimol qilingan eng yaxshi qaror», — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
Boshqa sharhlovchilar esa bayonotga hazil bilan munosabatda bo‘lishgan. Jumladan, foydalanuvchilardan biri o‘zining 52 yoshda ekanligini, lekin «qalban yetti yoshda» ekanini ta’kidlab, u ham aksiya olishi mumkin yoki yo‘qligi bilan qiziqqan.





