«Ishlanglar, birodarlar»: Putin Zelenskiyning urushni tugatish haqidagi maktubiga javob berdi
U diplomatik muzokaralar o‘rniga harbiy harakatlarni davom ettirishga ishora qildi.
© ReutersRossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Voladimir Zelenskiyning urushni to‘xtatish bo‘yicha o‘tkazilishi taklif etilgan shaxsiy uchrashuvidan bosh tortdi. Bu haqda 5-iyun kuni Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida so‘z ochdi.
Putinning uchrashuvdan bosh tortish sabablari
Vladimir Putin o‘z nutqida Ukraina prezidentining ommaviy xatini «elementlarida takabburlik bor» deb atadi va uning mazmunidan qoniqmasligini bildirdi.
Putinning ta’kidlashicha, Zelenskiy avvalroq rossiyalik biznesmenlardan biri orqali uchrashuv so‘ragan, biroq keyinroq hujumlar sodir etilgan.
«Men ertalab Peskov menga uzatgan bu qog‘ozni yuzaki ko‘rib chiqdim. Muallif mening yoshim haqida so‘z ochibdi. Albatta, yosh haqida hamma o‘ylashi kerak, lekin eng muhimi — bu ishga layoqatlilik. U shuningdek, hokimiyatda bo‘lish vaqtiga ham e’tibor qaratibdi. Bu muhim masala. Agar hokimiyatni Konstitutsiya doirasidan tashqarida ushlab turilsa, bu uzurpatsiya deb ataladi, bu jinoiy javobgarlikka tortiladigan jinoyatdir. Saylovlarga borishdan qo‘rqmaslik kerak, barchaga shuni maslahat bergan bo‘lardim. Muallif Ankorij kelishuvlariga amal qilmaslik kerakligini, Yevropada haqiqiy xavfsizlik kafolatlarini izlash kerakligini ko‘rsatibdi. Nega u Trampni bunga rad etyapti? Qurol olmoqchi, lekin Trampni kafolatchi sifatida ko‘rishni istamayapti. Biz Donald dunyo ko‘z o‘ngida muallifni qanday tarbiyalaganini ko‘rdik. Uning odob-axloqiga kelsak, u yerda hali ishlash kerak bo‘lgan jihatlar bor. Men hech qachon uchrashishdan bosh tortmaganman, lekin quruq gaplar bilan vaqt o‘tkazishdan ma’no ko‘rmayapman. Bizga kelishuvlar kerak. QK (Ukraina Qurolli Kuchlari) Starobelskdagi kollej yotoqxonasiga zarba berdi. Men Kiyevga borgan biznesmendan so‘radim: bu nimani anglatadi? Ular uchrashuv so‘rashyapti va shunday jinoyatlarni sodir etishyapti? Bu xatda o‘ziga xos takabburlik elementlari bor. Hozircha uchrashishdan ma’no ko‘rmayapman. Murojaatni bu xat mualliflariga emas, bizning jangchilarimizga yo‘llash kerak. Butun mamlakat sizga qarab turibdi. Ishlanglar, birodarlar», - dedi Putin.
Zelenskiyning reksiyasi
Voladimir Zelenskiy esa ushbu rad javobini Telegram-kanali orqali sharhladi. Prezidentning qayd etishicha, Rossiya tomoni yana urushni tanlagan va bu javob dunyoda ko‘pchilikning hafsalasini pir qilgan.
«Afsuski, Rossiya tomoni yana urushni tanlamoqda — hamma bugungi javobni eshitdi. Kuchsiz javob. U shunchaki urushni tugatishni istamayapti. O‘ylaymanki, dunyodagi ko‘pchilik bu javobdan hafsalasi pir bo‘ldi. U hech narsani o‘zgartirishni va uning urushi faqat o‘ziga va undan pul undirayotganlarga yoqishini tan olishni istamaydi — ular bugun juda tirjayib turishgandi. Demak, Rossiyada pullar kamayishi, Rossiyaga bosim esa kuchayishi kerak. Bizga yordam berayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman! Ukraina bilan birga bo‘lgan, haqiqiy tinchlikni istagan barchaga rahmat», — deyiladi Zelenskiy bayonotida.





