«Janubiy Koreya — Markaziy Osiyo» ilk sammiti sanasi ma’lum bo‘ldi

16.02.2026 | 17:191 дақиқа

Sobiq prezident Yun Suk Yol davridagi siyosiy inqiroz sabab mazkur sammit 2025 yilda o‘tkazilmagandi.

«Janubiy Koreya — Markaziy Osiyo» ilk sammiti sanasi ma’lum bo‘ldi

Birinchi «Koreya — Markaziy Osiyo» sammiti 16-17-sentabr kunlari Seulda o‘tkaziladi. Uchrashuvga tayyorgarlikni tashqi ishlar vaziri Cho Hyon nazorat qilmoqda.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari

Seulda sammit diplomatik kun tartibini kengaytirishi va «yangi siyosat»ning davomi bo‘lishiga umid qilinmoqda.

Hamkorlikning kutilayotgan yo‘nalishlari orasida — ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilish, iqtisodiy aloqalar va Markazdagi etnik koreys jamoalari — koryo-saramlar bilan ishlash bor.


Geosiyosiy rakobat va C5+1 formati

Sammitga Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari taklif etilgan. Seul Markaziy Osiyo uchun tashqi o‘yinchilarning raqobati kuchayayotgan bir paytda, mintaqada nafaqat ikki tomonlama loyihalar, balki alohida ko‘p tomonlama maydon orqali ham mustahkamlanib olishga harakat qilmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari allaqachon Yaponiya va AQSH bilan C5+1 formatida ishlamoqda.


Tadbirning kechiktirilish sabablari

«Janubiy Koreya — Markaziy Osiyo» sammiti 2025 yilda Seulda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo sobiq prezident Yun Suk Yolning harbiy holat joriy etishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinishidan keyin mamlakatdagi siyosiy vaziyat tufayli u bir yilga qoldirildi.

Теглар

Мавзуга оид