Logo

Kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadi

Бугун 14:512 дақиқа

O‘zbekistonda kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy e’lon qilinadi.

Kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadi

Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Xorazmda o‘tkazilayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish kerakligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, so‘nggi uch yilda soliq yuki 13,4 foizdan 12 foizga, o‘n yilda yashirin iqtisodiyot ulushi 50 foizdan 26 foizga tushdi.

Shuningdek, so‘nggi o‘n yilda yashirin iqtisodiyot ulushi 50 foizdan 26 foizgacha qisqargan.

 «Iqtisodiyotni «soya»dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak», – dedi Mirziyoyev.

Shu munosabat bilan kichik biznes subyektlarida inson sog‘ligi va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshiruvga uch yillik moratoriy e’lon qilinishi ma’lum qilindi.

Tekshiruvlar soni qisqaradi

Tahlil qilingan 5 ming nafar tadbirkorning yarmidan ko‘pida bir yil davomida 2-3-marta soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Ularning yana 21 foizida esa tekshiruvlar soni 4-martadan oshgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlar faoliyati yong‘in xavfsizligi, qurilish, sanitariya, karantin va energiya inspeksiyalari tomonidan ham qayta-qayta tekshirilmoqda.

Prezidentning ta’kidlashicha, tadbirkor uchun xotirjam va barqaror muhit yaratish erkinlik hamda rivojlanishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

«Bir narsani tushunish kerak: xotirjamlik bo‘lmagan joyda erkinlik ham, rivojlanish va yangilikka intilish ham bo‘lmaydi», — dedi davlat rahbari.

Shu bilan birga, o‘rta va yirik tadbirkor o‘z korxonasini ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tkazsa, uning xulosasini soliq organi tan oladi. Kamchilikni bartaraf qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi, bir yilda takroriy tekshiruv esa faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi.

Теглар

Мавзуга оид

Kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadi | Vaqt.uz