Logo

Manba: Qahramon Quronboyev Mahallalar uyushmasi raisi lavozimidan ozod etildi

Бугун 16:411 дақиқа

Quronboyev ushbu lavozimga 2024-yil yanvarda saylangandi.

Manba: Qahramon Quronboyev Mahallalar uyushmasi raisi lavozimidan ozod etildi © gov.uz

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Kuranbayev Kaxramon Kuchkarovich lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Vaqt.uz manbasi xabar berdi.

Quronboyev 2024-yil yanvarda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga saylangandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi 2023-yil 21-dekabrdagi prezident qarori bilan tashkil etilgan. Uyushmaga mahallalar faoliyatini muvofiqlashtirish va «Mahalla yettiligi» tizimini qo‘llab-quvvatlash vazifalari yuklatilgan.

Uyushma raisi maqomi, tibbiy, transport va maishiy ta’minot sharoitlari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

Теглар