Logo

Mirziyoyev BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Бугун 19:191 дақиқа

Bishkekda Shavkat Mirziyoyev va Antoniu Guterrish O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Mirziyoyev BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi © Foto: president.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekda o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida Guterrish Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning BMT va uning institutlari bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Mirziyoyev Guterrishning ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi shaxsiy hissasini yuqori baholadi hamda BMT tizimini isloh qilishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

BMT bilan hamkorlik

Tomonlar faol siyosiy muloqot, o‘zaro tashriflar va O‘zbekistonning BMTning saylanadigan organlaridagi ishtiroki kengayib borayotganini qayd etdi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 15 ta rezolyutsiyasi qabul qilingan.

Guterrish O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishdagi yutuqlarini olqishladi. Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada faollashtirishga tayyorlik bildirildi.

Muloqotda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, O‘zbekiston va BMTning bo‘lajak qo‘shma tadbirlari rejasi muhokama qilindi.

Теглар

Мавзуга оид

Mirziyoyev BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi | Vaqt.uz