Logo

Modi O‘zbekistonga keldi

Aeroportda uni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Modi O‘zbekistonga keldi © Foto: president.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan Toshkent shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida Modini prezident Mirziyoyev kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Теглар

Мавзуга оид