Logo

Moliyaviy taqchillik va sanksiyalar: Rossiyaning Markaziy Osiyodagi energetik ambitsiyalari so‘roq ostida | Fikr vaqti

Sanksiyalar girdobidagi Rossiya O‘zbekistondagi energetik loyihalarni moliyalashtira oladimi? "Rosatom" budjeti qisqarayotgan bir paytda, AES va gaz bo‘yicha yagona davlatga qaramlik xavflarini mutaxassislar bilan tahlil qildik.

“Rosatom”ning moliyaviy muammolari O‘zbekistonning yadroviy energiya ambitsiyalarini xavf ostida qoldirmoqda. Bir qator xorijiy nashrlar, jumladan Eurasianet va The Moscow Times’ga ko‘ra, Rossiya budjetida kuzatilayotgan qisqartirishlar tez orada Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistondagi loyihalarni ham shubha ostida qoldirishi mumkin.
Bu shubhalarni, shuningdek, “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachyovning kompaniya iqtisodiy ahvoli yomonlashgani sababli joriy yilda investitsiya dasturining qariyb 50 foizi qisqarayotgani, keyingi 18 oyda esa kompaniya operatsion xarajatlarni 10 foizga qisqartirishi haqidagi chiqishi ham tasdiqlaydigandek.

Dasturimizning navbatdagi sonida ayni da’volar, ularning qanchalik asosga ega ekani, shuningdek, Rossiyaning O‘zbekistondagi boshqa energetik loyihalari kelajagi haqidagi qator savollarni siyosatshunos Farhod Tolipov va iqtisodchi Shuhrat Rasul bilan muhokama qildik.

Теглар

Илёс Сафаров

Илёс СафаровМақолалар сони: 125

Барчаси

Мавзуга оид