Logo

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Бугун 08:301 дақиқа

Prezident farmoniga ko‘ra, 2-sentabr (chorshanba) – barcha uchun odatiy ish kuni.

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi nishonlanadigan kunlarda mamlakat aholisi ketma-ket 3-4 kun dam oladi. Bu haqda Prezidentning «2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan.

Farmonga ko‘ra, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket to‘rt kun (29-avgust – 1-sentabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30-avgust – 1-sentabr) dam oladi.

• 29-avgust (shanba) – odatiy dam olish kuni;
• 30-avgust (yakshanba) – odatiy dam olish kuni;
• 31-avgust (dushanba) – barcha xodimlar uchun belgilangan qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
• 1-sentabr (seshanba) – Mustaqillik kuni (rasmiy bayram va ishlanmaydigan kun).

6 kunlik ish tartibida mehnat qiladigan xodimlar uchun shanba kuni ish kuni hisoblangani sababli dam olish kunlari ketma-ket 3 kunni tashkil etadi:

• 29-avgust (shanba) – bayram oldi qisqartirilgan ish kuni;
• 30-avgust (yakshanba) – odatiy dam olish kuni;
• 31-avgust (dushanba) – barcha xodimlar uchun belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni;
• 1-sentabr (seshanba) – Mustaqillik kuni (rasmiy bayram va ishlanmaydigan kun).

2-sentabr (chorshanba) – barcha uchun odatiy ish kuni.

Теглар