Logo

Oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alariga ustama to‘lanadi

Бугун 10:311 дақиқа

Ustamaning miqdori bakalavriat yoki magistraturani tamomlaganiga qarab farq qiladi.

Oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alariga ustama to‘lanadi © SSV

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamshiralar akademiyasi negizida, dunyoning top (1-o‘rin) hamshiralik maktabiga ega bo‘lgan Pensilvaniya universiteti (AQSH) bilan hamkorlikda Ilg‘or tibbiy hamrohlik maktabi tashkil etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

«Oliy hamshiralik ishi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi «Oliy tibbiy hamrohlik ishi» yo‘nalishiga o‘zgartirilib, bitiruvchi ayollarga «hamshira», erkaklarga esa «tibbiyot og‘asi» kvalifikatsiyasi beriladi.

Bakalavriatga qabul har yili kamida 20 foizga oshirib boriladi, ta’lim esa yetakchi xorijiy OTMlari bilan qo‘shma dasturlar asosida, ularning o‘quv dasturlarining kamida 70 foizini o‘zlashtirgan holda tashkil etiladi.

Bakalavriatni tamomlagan hamshira va tibbiyot og‘alariga har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari, magistraturani tamomlaganlarga esa 2 baravari miqdorida ustama to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezidentga tibbiyot kadrlarini tayyorlashning yangi tizimi taqdim etilgandi. Tibbiyot ta’limida qabuldan tortib amaliyotgacha bo‘lgan jarayon qayta ko‘rib chiqiladi. Eng katta o‘zgarishlardan biri umumiy tibbiyot dasturi bo‘ladi.

Теглар

Мавзуга оид