Logo

O‘zbekiston Prezidenti Qatar Amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni o‘ziga qulay bo‘lgan fursatlarda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Qatar Amiri bilan uchrashdi © Foto: president.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatarning sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirish uchun tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Lusail saroyida davlat rahbari Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashgan.

Qayd etilishicha, muloqot avvalida Prezident Mirziyoyev Qatar Amiriga otasi – sobiq Amir Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafot etgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirgan.

«Shayx Hamad Ol Soniy Hazratlari Qatar Davlati erishgan ko‘plab tarixiy yutuqlar, ulkan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi jadal islohotlar, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortishiga ulkan hissa qo‘shgan siyosat arbobi bo‘lgani ta’kidlandi», — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Shayx Hamadning mamlakatlar o‘rtasidagi yaqin do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlashdagi samarali mehnatlari alohida qayd etilgan.

Strategik sheriklik va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Qatar bugungi kunda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi muhim o‘rin egallayotgani, xalqaro maydonda katta ta’sirga ega «Doha ovozi» paydo bo‘lganini e’tirof etgan.

Ikki davlat yetakchilari O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan.

Qatar Amiri O‘zbekistonga taklif qilindi

O‘z navbatida, Qatar Amiri O‘zbekiston Prezidentiga ushbu sinovli damlarda shaxsan tashrif buyurib, bildirgan samimiy hamdardligi hamda do‘stona qo‘llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorlik izhor etgan.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Qatar Amirini o‘ziga qulay bo‘lgan fursatlarda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etgan.

Теглар

Мавзуга оид