Logo

O‘zbekistonda biznes boshlash qoidalari o‘zgarmoqda

Бугун 20:241 дақиқа

Adliya vazirligiga ko‘ra, O‘zbekistonda litsenziya olmasdan 3 oy davomida tadbirkorlik qilish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda biznes boshlash qoidalari o‘zgarmoqda

Qonun bilan «Biznesga litsenziyasiz kirish» maxsus rejimi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, talabgor ayrim litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olmasdan turib, faoliyatini boshlashi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, buning uchun faoliyat boshlangani haqida maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali vakolatli organga bepul xabar berish talab etiladi.

Rejimning amal qilish muddati 3 oy bo‘lib, ushbu muddat davomida talabgor muayyan faoliyatni (harakatni) litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi.

Uch oylik imkoniyat

Talabgor «Biznesga litsenziyasiz kirish» maxsus rejimining amal qilish muddati davomida:
 
▪️ o‘z faoliyatini litsenziya yoki ruxsat berish talablariga va shartlariga muvofiqlashtirish choralarini ko‘radi;
 
▪️ tegishli litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni belgilangan tartibda oladi yoxud mazkur faoliyatni (harakatlarni) tugatadi.

Arxivlar uchun yangi muddat

Qonun bilan hujjatlarni saqlash muddatlariga oid yangi qoidalar ham belgilandi. Xususan, maxfiy hujjatlar 30 yil saqlanishi belgilangan.

Shuningdek, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni saqlash muddatlari belgilandi. Unga ko‘ra:
 
2019 yil 1-yanvargacha ish yurituvi yakunlangan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar idoraviy arxivlarda 75 yil mobaynida saqlanadi.
 
2019 yil 1-yanvardan e’tiboran shakllantirilgan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar idoraviy arxivlarda 50 yil mobaynida saqlanadi.

Теглар

Мавзуга оид