Logo

O‘zbekistonda kuzning birinchi oyida qanday ob-havo kutilmoqda

Бугун 17:102 дақиқа

Sentyabr oyi ob-havo asosan quruq va iliq kechishi prognoz qilinmoqda. Oy boshida havo harorati +37 darajagacha, janubda esa +40 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

O‘zbekistonda kuzning birinchi oyida qanday ob-havo kutilmoqda

O‘zbekistonda 2026-yil sentabr oyi nisbatan quruq va biroz iliq ob-havo bilan boshlanishi kutilmoqda. Oyning birinchi o‘n kunligida kunduzgi harorat ayrim hududlarda +35...+37 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Prognozga ko‘ra, kechalari va erta tongda havo +15...+20 daraja atrofida bo‘lib, yoqimli salqinlik saqlanadi. Kunduzi esa asosan kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi.

Taqvim bo‘yicha kuz boshlanganiga qaramay, sentabrning dastlabki kunlarida yozga xos issiq ob-havo saqlanib qoladi. Respublikaning janubiy hududlarida eng issiq kunlarda harorat +38...+40 darajagacha ko‘tarilishi ehtimol qilinmoqda.

Keyin havo salqinlashadi

Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat asta-sekin pasayishi kutilmoqda. Bu davrda kechalari havo asosan +10...+15 daraja, kunduzi esa +25...+30 daraja bo‘lishi prognoz qilingan.

Ayrim kunlarda havo harorati qisqa muddatga ko‘tarilishi yoki aksincha, pasayishi mumkin. Ammo umumiy holatda sentabr oyi uchun nisbatan barqaror harorat foni shakllanishi kutilmoqda.

Sentyabr O‘zbekistonda an’anaviy tarzda «baxmal mavsum» hisoblanadi. Ko‘p yillik kuzatuvlarga ko‘ra, oyning birinchi yarmida o‘rtacha kunduzgi harorat +30...+33 daraja, ikkinchi yarmida esa +26...+29 daraja atrofida bo‘ladi.

Yomg‘ir kam bo‘ladi

Sentyabr yilning eng quruq oylaridan biri hisoblanadi. Joriy yilda ham respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.

Oy davomida ayrim kunlarda, jami 1–3 kun biroz jadallikdagi yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Janubiy hududlarda esa yog‘ingarchilik ehtimoli juda kam bo‘lishi prognoz qilingan.

Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda esa yog‘ingarchilik me’yordan ko‘proq yoki me’yorga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Ko‘p yillik ma’lumotlarga ko‘ra, sentabrda ayrim yillari umuman yomg‘ir yog‘masligi ham mumkin.

Теглар

Мавзуга оид