Qirg‘iziston yoshlarni majburiy narkotestdan o‘tkazmoqchi

Бугун 18:101 дақиқа

Mamlakatda maktab o‘quvchilari va talabalar uchun yangi nazorat mexanizmi taklif qilindi.

Qirg‘iziston yoshlarni majburiy narkotestdan o‘tkazmoqchi © sputniknews

Qirg‘izistonda 2026 yil 1 sentabrdan boshlab yuqori sinf o‘quvchilari va talabalarni giyohvand moddalar iste’moli bo‘yicha majburiy tekshiruvdan o‘tkazish taklif qilinmoqda.

Bu haqda mamlakat parlamenti deputatlari Maksat Alimbekov va Ulan Sariyev tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasida aytilgan.

Hujjat jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, unda 9–11-sinf o‘quvchilari hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalarini narkotestdan o‘tkazish nazarda tutilgan.

Loyiha mualliflari yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalar tarqalishining oldini olish va ta’lim muassasalarida profilaktika ishlarini kuchaytirishni asosiy maqsad sifatida ko‘rsatgan.

Maxsus reyestr yaratiladi

Qaror loyihasiga muvofiq, tekshiruv natijalari musbat chiqqan shaxslar bo‘yicha maxsus elektron reyestr shakllantiriladi.

Shuningdek, mamlakatdagi laboratoriyalarni shay holatga keltirish va tekshiruvlar tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Loyihani amalga oshirishning birinchi bosqichi Bishkek va O‘sh shaharlarida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Теглар

Мавзуга оид