Qozog‘istonda o‘zbek biznesi rekord o‘rnatmoqda

Бугун 08:302 дақиқа

Xizmat ko‘rsatish, savdo va qurilish sohalaridagi o‘zbek kompaniyalari tez sur’atlar bilan rivojlanib, Xitoy va Turkiyani orqada qoldirdi.

Qozog‘istonda o‘zbek biznesi rekord o‘rnatmoqda

So‘nggi uch yarim yil ichida Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston kompaniyalari soni qariyb 4 barobar oshib, 2026 yil 1-may holatiga 8 275 taga yetdi. O‘zbekiston biznesi Qozog‘istonning barcha hamkor davlatlari orasida kengayish bo‘yicha eng yuqori sur’atlarni qayd etmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga tayanib, Zakon.kz nashri xabar berdi.

2026 yildagi rekord ko‘rsatkichlar

2026 yil mamlakatda yangi kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish keskin tezlashgan. Ta’kidlanishicha, o‘sish faqatgina ro‘yxatdan o‘tganlar emas, balki aynan faoliyat yuritayotgan kompaniyalar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. So‘nggi ikki oy ichida O‘zbekistonga mansub ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 1 376 taga ko‘paygan:

2026 yil mart-aprel: 866 ta yangi kompaniya;
2026 yil aprel-may: 510 ta yangi kompaniya.

Mart oyidagi o‘sish so‘nggi 5 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan bo‘lsa, apreldagi natija ham shu davr ichidagi eng yuqorilaridan biri bo‘lgan.

Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda 2022 yil noyabr oyida 2 072 ta, 2024 yilda esa 3 829 ta o‘zbek korxonasi faoliyat yuritgan.

Asosiy yo‘nalishlar va raqobatchilar

Hozirgi kunda Qozog‘istonda O‘zbekistonga aloqador kompaniyalar asosan uchta yo‘nalishda faoliyat yuritmoqda:

Xizmat ko‘rsatish: 42 foiz;
Savdo: 25 foiz;
Qurilish: 21foiz.

Ma’lum qilinishicha, yangi ochilayotgan biznesning katta qismi aynan qurilish sohasi bilan bog‘liq.

Qozog‘iston bozoridagi xorijiy kompaniyalar ulushi bo‘yicha dinamika ham o‘zgargan. 2024 yil boshida O‘zbekiston Xitoyni ortda qoldirib, eng yirik uchta davlat qatoriga kirgan edi. 2024 yil oxiriga kelib esa Turkiyadan ham o‘zib ketib, 2-o‘ringa ko‘tarilgan.

Xorijiy kompaniyalar bo‘yicha umumiy statistika

Umumiy hisobda Rossiya kompaniyalari hamon birinchi o‘rinni egallab turibdi, ammo ularning soni 2024 yil oxiridan boshlab qisqarishni boshlagan.

2026 yil 1-may holatiga ko‘ra yetakchi davlatlar:

Rossiya: 17 112 ta
O‘zbekiston: 8 275 ta
Xitoy: 7 407 ta
Turkiya: 3 298 ta

Теглар

Мавзуга оид