Rossiya TIV xorijliklarni zudlik bilan Kiyevni tark etishga chaqirdi

Кеча 22:451 дақиқа

Rossiya qurolli kuchlari Starobelsk shahridagi universitetga uyushtirilgan hujumga javob zarbasi tayyorlamoqda.

Rossiya TIV xorijliklarni zudlik bilan Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi chet el fuqarolarini Ukraina poytaxti Kiyevni tark etishga, shahar aholisini esa harbiy va ma’muriy obyektlardan uzoqroq yurishga chaqirdi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati bayonot e’lon qildi.

TIV bayonotiga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari Kiyevdagi Ukraina harbiy-sanoat majmuasi korxonalariga tizimli zarbalar berishga kirishmoqda. Gap birinchi navbatda dronlar ishlab chiqariladigan va ularni jangga tayyorlaydigan markazlar haqida bormoqda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, bu jarayonda NATO mutaxassislari Ukrainaga ehtiyot qismlar yetkazib berish, razvedka ma’lumotlarini taqdim etish va nishonni belgilashda bevosita ko‘maklashib kelmoqda.

«Zarbalar qaror qabul qilish markazlariga ham, qo‘mondonlik punktlariga ham beriladi», — deya ta’kidlanadi TIV xabarida.

Starobelskdagi voqea

Tashqi siyosat idorasi mazkur keskin choralarni 22-mayga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari dronlarining Starobelskdagi Lugansk davlat pedagogika universitetining o‘quv binosi va yotoqxonasiga uyushtirgan hujumiga bog‘lamoqda.

Ushbu hujum oqibatida 21 kishi halok bo‘lib, 63 kishi turli darajada jarohatlangan edi. TIV buning uchun javobgarlikni to‘liq Ukraina tomoniga yuklab, xalqaro huquq normalari qo‘pol ravishda buzilganini qayd etgan.

Теглар

Мавзуга оид