Logo

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi

Bishkekdagi muzokaralarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi © Foto: president.uz

Bishkek shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

94a1c6cd-1c0f-77b8-e794-09147979831d_lists_slider_9565

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Joriy yil boshidan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 12%ga oshgan.

Sanoat, energetika, metallurgiya, transport va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.

Uchrashuvda o‘zaro savdoning ijobiy dinamikasini saqlab qolish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish hamda hududlararo aloqalarni faol davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar almashinuvlarni kelgusida ham kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yetakchilar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatlarda o‘tkaziladigan bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

Теглар

Мавзуга оид