Logo

Sirdaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Бугун 16:021 дақиқа

Sardor Mirzaraimov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bungacha Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i o‘rinbosari hamda jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Sirdaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi © Sirdaryo viloyati hokimligi

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan, polkovnik Sardor Taxirovich Mirzaraimov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Sardor Mirzaraimov tayinlovga qadar IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

21-avgust kuni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Prezident administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi departamenti rahbari Doniyor Qodirov hamda boshqa rasmiylar ishtirokida o‘tgan tadbirda Sardor Mirzaraimov viloyat faollariga tanishtirildi.

Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyati IIBni 2025-yil mart oyidan beri Farrux Haydarov boshqarib kelayotgan edi. Uning lavozimdan ozod etilgani haqida 20-avgust kuni xabar tarqaldi.

«Kunuz» Farrux Haydarovning bo‘shatilishi qo‘l ostidagi xodimga og‘ir tan jarohati yetkazilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi.

Avvalroq Timur Ismoilov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид