Logo

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi

Бугун 20:023 дақиқа

Prezident farmoni bilan Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi. Yangilangan kengash tarkibi 40 kishigacha qisqardi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi © Ijtimoiy tarmoqlar

Prezidentning 27-avgustdagi farmoni bilan Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Yangi tarkib 40 nafar a’zodan iborat bo‘ldi.

Kengashning avvalgi tarkibi 2024 yil dekabrida tasdiqlangan edi. Yangi tarkib unga nisbatan 9 nafarga qisqardi. Shu bilan birga, 10 nafar yangi a’zo kengash safiga qo‘shildi.

Yangi a’zolar orasida iqtisodchi va jamoatchilik faoli Otabek Bakirov, «Dodo Pissa Toshkent» asoschisi Dinara Islomova hamda «Technologies of Real Time» asoschisi Murod Akramov bor.

Kimlar kengashda?

Kengashga Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov rahbarlik qiladi.

Ro‘yxat quyidagicha:

— Davron Vahabov — Savdo-sanoat palatasi raisi, kengash rahbari;

— Abdumannop Buriyev — biznes-ombudsman;

— Azizxo‘ja Abbosxo‘jayev — Grand Pharm Trade ta’sischisi;

— Shuhrat Ergashev — Orient-Confection ta’sischisi;

— Zafar Hoshimov — Anglesey Food kuzatuv kengashi raisi;

— Kamol Abdullayev — Sam Antep Gilam QK ta’sischisi;

— Jahongir Ortiqxo‘jayev — Akfa Group ta’sischisi;

— Farhod Mamajanov — Uztex Group ta’sischisi;

— Murod Nazarov — Murad Buildings ta’sischisi;

— Nasimjon Komilov — Stdhealthmed ta’sischisi;

— Tohir Sharipov — Procab ta’sischisi;

— Ilhomjon Abdurahmonov — Paxtakor Teks rahbari;

— Payzullajon Mirzayev — Manar Group ta’sischisi;

— Jamshid Shakirov — Uzbekistan Hydrogen Peroxide ta’sischisi;

— Jamshid Ismatullayev — Chust Textile ta’sischisi;

— Shuhrat Ilhomov — NAVRO‘Z-PTK ta’sischisi;

— Shavkat Jalolov — Agromir Buildings ta’sischisi;

— Faxriddin Ilyosov — Mezon Business ta’sischisi;

— Sardor Abasxonov — Global Export Company ta’sischisi;

— Ulug‘bek Rustamov — Click bosh direktori;

— Rahmatjon Abdullayev — Almerro Group ta’sischisi;

— Sherzod Jumayev — Navbahor Tekstil ta’sischisi;

— Hikmatillo Nasrullayev — Realsoft ta’sischisi;

— Akmal Hasanov — Veritas Inter Lex advokatlik firmasi rahbari;

— Davronbek Ahmadov — Prae Legal advokatlik firmasi rahbari;

— Aziz Qurbonov — International Business Audit and Consulting (IBAC) ta’sischisi;

— Ulug‘bek Rahimov — Kids Plate Distribution ta’sischisi;

— Saidvali Nasriddinov — Uniagri Group rahbari;

— Umidbek Safarov — United Tax Advisors ta’sischisi;

— Zafarjon Mustafayev — Uzbek Leasing International bosh direktori;

— Otabek Bakirov — iqtisodchi, jamoatchilik faoli;

— Akobir Shamsiyev — Ako Shams Consulting ta’sischisi;

— Lazizbek Hamidov — Tasnif Group ta’sischisi va rahbari;

— Murod Akramov — Technologies of Real Time ta’sischisi;

— Lola Mirzayeva — Khiva Plaza direktori;

— Dinara Islomova — Dodo Pizza Tashkent ta’sischisi;

— Mansur Niyozmuhamedov — O‘zbekiston Quruvchilar uyushmasi rahbari;

— Shokir Bokiyev — Turon Himoyasi advokatlik firmasi ta’sischisi;

— Sarvar Jumaniyozov — American Hospital QK rahbari;

— Sarvar Niyozov — Savdo-sanoat palatasi rahbari maslahatchisi, kengash kotibi.

19 nafar a’zo chiqarildi

Yangi tarkibga avvalgi kengashda bo‘lgan 19 nafar a’zo kiritilmadi. Ular orasida «Uzum Market» va «Meros Pharm» rahbarlari ham bor.

Shuningdek, go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «To‘xtaniyoz-Ota», tez ovqatlanish tarmoqlari — «Mak Food Servis» (Evos) va «Feed up Eco» ta’sischilari ham yangi tarkibdan o‘rin olmadi.

Теглар

Мавзуга оид