Toshkent hokimligi xodimlariga ichkilikbozlik, qimor va qimmatbaho sovg‘alar taqiqlandi

Qolaversa, ularning xizmat avtomobilidan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi ham mumkin emas.

Toshkent hokimligi xodimlariga ichkilikbozlik, qimor va qimmatbaho sovg‘alar taqiqlandi

Toshkent shahar hokimligi hamda tizim tashkilotlari xodimlarining odob-axloq qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov tomonidan 15-mayda imzolangan farmoyishda keltirilgan.

Farmoyishga ko‘ra, xodimlarga maishatbozlik, ichkilikbozlikka yo‘l qo‘ymaslik, davlat xizmatiga oid masalalarni muhokama qilmaslik, qimmatbaho sovg‘a olmaslik, xizmat guvohnomasi va xizmat avtomobilidan shaxsiy maqsadlarda foydalanmaslik hamda qimor o‘ynamaslik belgilangan.

Hujjat Toshkent shahar hokimligi hamda tizim tashkilotlari xodimlarining odob-axloq qoidalari, Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizom hamda komissiya tarkibi tasdiqlandi. Bunda tizim tashkilotlari Toshkent shahar hokimligining Odob-axloq komissiyasi bilan kelishilgan holda o‘zlarining ichki hujjatlari bilan tashkilot komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi.

Yangi tasdiqlangan odob-axloq qoidalari bilan barcha xodimlar tanishtirilishi lozim.

Теглар

Мавзуга оид