Logo

Tramp Eron bilan kelishuvga erishishi natijasida neft narxi keskin pasaydi

AQSH va Eron o‘rtasida urushni yakunlash hamda Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqidagi xabar global bozorlarda ijobiy kayfiyat uyg‘otdi. Natijada neft narxi keskin arzonlashib, bir barrel uchun 83,25 dollargacha tushdi.

Tramp Eron bilan kelishuvga erishishi natijasida neft narxi keskin pasaydi © aol.com

Donald Tramp AQSH va Eron rasmiylari urushni tugatish va Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida ma’lum qildi.

«Eron Islom Respublikasi bilan kelishuv yakunlandi», - deb yozdi AQSH prezidenti «Truth Social» platformasida. Dastlabki kelishuv neft narxining pasayishiga olib keldi, ammo Eronning yadroviy dasturi taqdirini keyingi muzokaralarga qoldirdi. O‘zaro kelishuv memorandumi 19-iyun kuni Shveysariyada imzolanishi rejalashtirilgan.

Kelishuv shartlari to‘liq ma’lum qilinmadi, biroq Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif X'dagi postida shartnoma Livandagi harbiy operatsiyalarni butunlay to‘xtatishni talab qilishini aytdi. Shuningdek Eron Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibiyati o‘z bayonotida Livanni ham o‘z ichiga olgan urush va harbiy operatsiyalar dushanba oqshomidan boshlab butunlay to‘xtatilishi haqida xabar qildi.

Neft narxi mart oyidan buyon eng past darajaga tushdi
 

Uch oydan ortiq vaqt davomida neft va suyultirilgan tabiiy gaz ta’minotining beshdan bir qismi uchun to‘siq bo‘lgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopib qo‘yilgani millionlab barrel neft va gaz ta’minotining yo‘qotilishiga sabab bo‘ldi. Ushbu kelishuvdan so‘ng neft narxlari mart oyidan beri eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bugungi kunda bir barrel neft narxi 4.7 foizga pasayib, 83.25 dollarni tashkil etmoqda.

Avvalroq AQSH va Eron urush harakatlarini vaqtincha to‘xtatish, Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi keskinlikni yumshatish, Eronning yadroviy dasturi va muzlatilgan aktivlari bo‘yicha kelishuvga erishish uchun dastlabki memorandum loyihasining muhokamasi haqida xabar qilingan edi.

Теглар

Мавзуга оид