Trillion dollarlik imkoniyat: Markaziy Osiyo noyob minerallar poygasiga qo‘shilmoqda
Yuqori texnologiya va mudofaa sanoati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega noyob minerallar global raqobat markaziga aylandi. G‘arb Xitoyga qaramlikni kamaytirishga intilar ekan, Markaziy Osiyo katta zaxiralari va strategik joylashuvi bilan yangi geosiyosiy o‘yinning asosiy sahnasiga chiqmoqda.

Nodir minerallar va noyob yer elementlari atamalari so‘nggi paytlarda tez-tez quloqqa chalinyapti, ayniqsa, gap Markaziy Osiyo va G‘arb davlatlari orasidagi hamkorlik haqida ketganda.
Tabiatda kam uchraydigan yoki qazib olish va qayta ishlash qiyin bo‘lgan foydali qazilmalar odatda shunday nomlanadi. Ular yuqori texnologiya, mudofaa sanoati va «yashil» energetika sohalarida juda muhim ahamiyatga ega. Masalan, litiy akkumulatorlar (ayniqsa, elektromobillar uchun) ishlab chiqarishda, kobalt batareyalar, volfram yuqori haroratga chidamli materiallarda ishlatiladi. Qizig‘i shundaki, ayrim «nodir» minerallar tabiatda juda kam emas, ammo ularni toza holda ajratib olish murakkab va qimmat jarayondir.
Электромобиллар, shamol turbinalari, yarimo‘tkazgichlar, aerokosmik komponentlar va ilg‘or qurol-yarog‘lar uchun zarur bo‘lgan uшbu minerallar ta’minot zanjirlaridagi uzilishlar va ishlab chiqarishni kengaytirish qiyinligi sharoitida strategik aktivlarga айланади. Natijada, nodir yer elementlari bugun global raqobat markaziga chiqdi va yirik davlatlar geosiyosiy ustuvorliklarini qayta shakllantirmoqda.
Qiziqish kuchayib borar ekan, uzoq vaqt Moskva ta’sir doirasida deb qaralgan Markaziy Osiyo mintaqasi geosiyosiy ta’sir uchun asosiy maydonga aylanmoqda. Uning hali to‘liq o‘zlashtirilmagan zaxiralari va strategik jihatdan qulay joylashgan transport yo‘laklari diplomatik va iqtisodiy faollikni kuchaytirmoqda.
«Markaziy Osiyo strategik materiallarning katta zaxiralariga ega. Ammo agar har bir davlat ushbu minerallarni mustaqil ravishda qazib olish, qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga harakat qilsa, ayrim loyihalar iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lishi mumkin», – деgaн эди O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Ural Yusupov.
Mintaqada qanday zaxiralar bor?
Markaziy Osiyo nodir yer elementlarining xilma-xil va keng tarqalgan zaxiralariga ega. Konlar Qozog‘istonning yirik mineral kamarlaridan tortib Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondagi nisbatan kichik, ammo geologik jihatdan boy hududlargacha cho‘zilgan. Ko‘plab joylar hali to‘liq o‘rganilmagan bo‘lsa-da, umumiy manzara mintaqaning markazi orqali o‘tuvchi nodir yer minerallarining keng kamarini ko‘rsatadi.
Qozog‘iston
Bugungi kunda Markaziy Osiyoda nodir yer elementlari salohiyati bo‘yicha eng katta va eng rivojlangan mamlakat Qozog‘iston hisoblanadi. Biroq hudud hali yetarlicha o‘rganilmagan va ayrim ma’lumotlar dastlabki xarakterga ega.
AQSH Geologik xizmati hisobotiga ko‘ra, Qozog‘istondagi nodir yer konlari bir nechta yirik geologik kamarlar bo‘ylab joylashgan: Ural tizmalari, Qozoq dashti, Qozoq balandliklari, Shimoliy Тяншан, Janubiy Тяншан va Pomir.
Mamlakat uran ishlab chiqarish bo‘yicha ham dunyoda yetakchi hisoblanadi. «British Geological Survey»ning 2025 yilgi hisobotiga ko‘ra, Qozog‘iston 2023 yilda jahon uranining taxminan 40 foizini ishlab chiqargan.
Mamlakat AQSHning uranga bo‘lgan talabining qariyb 25 foizini ta’minlaydi va bu yerda 600 dan ortiq amerikalik kompaniya faoliyat yuritadi. Xabarlarga ko‘ra, AQSH baholashlari mamlakat bo‘ylab 160 ta obyektda 384 ta strategik xomashyo manbasini aniqlagan.
O‘zbekiston
O‘zbekiston ham Markaziy Osiyoning nodir yer resurslarida muhim o‘rin tutadi va uran ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turadi.
2025 yil avgust oyidaги «The Hague Research Institute» hisobotiga ko‘ra, mamlakatda mis, molibden, selen, litiy va kadmiy kabi 30 dan ortiq turdagi minerallar aniqlangan. Hududning faqat 20 foizi o‘rganilganiga qaramay, «Caspian Policy Center» O‘zbekistonning mineral resurslari salohiyatini taxminan 5,7 trillion dollar deb baholaydi.
Hozirgacha kamida 14 ta nodir yer elementlari koni tasdiqlangan. Xurob va Navoiy kabi hududlarda qo‘shimcha qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Qirg‘iziston
Qirg‘izistonda 20 ta ma’lum nodir yer elementlari koni mavjud. Ular orasida tarixiy ahamiyatga ega Kutessay II koni bor. Bu kon Sovuq urush davrida Sovet Ittifoqining nodir yer ehtiyojining 80 foizigacha qismini ta’minlagan va yadroviy dasturda muhim rol o‘ynagan.
Hozir ham bu yerda reaktor boshqaruv tayoqchalarida qo‘llaniladigan disproziy va ilg‘or yoritish texnologiyalari uchun zarur bo‘lgan terbiy zaxiralari mavjud.
Mamlakatda 16 mingdan ortiq faol kon va kon maydonlari bor. Kanada va Singapur kompaniyalari Choyn-Kaindы, Kutessay II va Kalesay kabi hududlarda izlanishlar olib bormoqda.
Tojikiston
Tojikiston dunyodagi eng strategik minerallardan biri bo‘lgan surma (antimoniy)ga ega. U mudofaa texnologiyalari va sanoat qotishmalarida ishlatiladi. Baholashlarga ko‘ra, mamlakat jahon surma zaxiralarining taxminan beshdan bir qismiga ega.
2025 yil 6-noyabrda Oq uyda bo‘lib o‘tgan C5+1 sammitidagi chiqishida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat dunyoda metall surma ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi, umumiy surma ishlab chiqarish bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda ekanini taъкидлаgaнди. Uning aytishicha, 2024 yilda surma Tojikistonning AQSHga eksportlarining 97 foizini tashkil etgan.
Shu bilan birga, mamlakatda 800 dan ortiq mis, kumush, oltin, qo‘rg‘oshin va litiy kabi mineral va qimmatbaho metall konlari aniqlangan.
Turkmaniston
Turkmaniston iqtisodiyotida neft va gaz ustunlik qilsa-da, mamlakat strategik minerallar sohasida ham ahamiyatga ega.
«SFA Oxford» ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda kimyo sanoati, farmatsevtika va toza energiya texnologiyalari uchun ishlatiladigan oltingugurt, brom va yod zaxiralari katta.
AQSH davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, Turkmaniston tomoni C5+1 sammiti doirasidagi uchrashuvda amerikalik kompaniyalar uchun strategik minerallar sohasida imtiyozli shartlar va istisnolarni ko‘rib chiqishga rozilik bildirgan.
G‘arbga yo‘l
«Qozog‘iston, Turkmaniston yoki Qirg‘izistondagi ayrim konlar alohida holda iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamasligi mumkin. Biroq ularning xomashyo bazasi yagona qayta ishlash majmuasiga birlashtirilsa, loyiha butun mintaqa uchun katta salohiyatga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday xabni yaratish Markaziy Osiyoni Yevropa, Amerika va boshqa xalqaro investorlar uchun juda jozibador qiladi», – deya taъкидлаgaн edi Ural Yusupov Toshkentdagi forumda.
Biroq mintaqaning G‘arb, ayniqsa AQSH bilan yangi hamkorlikdan to‘liq foydalanish imkoniyati transport infratuzilmasining yetarsizligi bilan cheklangan. Ko‘pincha eksport yo‘nalishlari hanuz shimoldan janubga qarab ketadi – bu Sovet davrida qurilgan temiryo‘llar merosi bo‘lib, asosiy maqsad Rossiya sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun xomashyoni Rossiyaga yetkazish edi.
«Markaziy Osiyo Yevropa va AQSHga minerallar eksport qilishda Rossiya temir yo‘l va dengiz infratuzilmasiga katta darajada bog‘liq holda qolmoqda. Mazkur mintaqadagi asosiy tranzit markazi bo‘lgan Qozog‘istonda temiryo‘l trassalarining taxminan 57 foizi ta’mirga muhtoj, bu esa eksport salohiyatini yanada cheklaydi», – deyiladi Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining hisobotida.
2022 yilda Rossiya Ukrainaga bosqin boshlashidan oldin Markaziy Osiyo mamlakatlari energetika va mineral resurslarni global bozorlarga yetkazishda Rossiya orqali Qora va Болтиқ dengizлариga йo‘nалтирилgaн Shimoliy Koridorga taянар edi. Rossiyaga nisbatan G‘arb sanksiyalari joriy qilingandan so‘ng, mintaqaviy hukumatlar diqqatni O‘rta Koridorni rivojlantirishga qaratdi – bu yo‘l Xitoyni Markaziy Osiyo va Janubiy Qavkaz orqali Yevropa bilan bog‘laydi. O‘rta Koridor orqali tranzit vaqti 16–20 kunni tashkil қилади, shimoliy маршрuтda esa bu 14–18 kun edi.

O‘rta коридор Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya orqali avtomobil yo‘lи, temiryo‘l va dengiz aloqalarini o‘z ichiga olgan murakkab tarmoq bo‘lib, katta moliyaviy va logistik qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Strategik va xalqaro tadqiqotlar markaziga ko‘ra, бu yo‘lni tijorat jihatdan samarali qilish uchun taxminan 21,4 milliard dollar sarmoya talab qilinadi. Hozirda yo‘l orqali yuk tashish narxi 40-futlik ekvivalent birlik uchun 3,500–4,500 dollarni tashkil qiladi, bu shimoliy marshrutdagi 2,800–3,200 dollar bilan solishtirilganda, mineral eksportining raqobatbardoshligini cheklaydi.
«O‘rta коридор bo‘ylab yaqinda amalga oshirilgan temiryo‘l, avtomobil yo‘lи va port modernizatsiyalari asosan Xitoy va Rossiya kapitallari tomonidan moliyalashtirilmoqda, bu yo‘lning uzoq muddatli boshqaruvi va G‘arb hamkorlari uchun imkoniyatlariga strategik xavf tug‘dirmoqda. Yevropaning YI bu yil bahorda o‘tgan birinchi Yevropa–Markaziy Osiyo sammitida O‘rta Koridor infratuzilmasini rivojlantirish uchun 10,8 milliard dollar va’da qilgan bo‘lsa-da, bu sarmoyalar hanuz dastlabki bosqichda va taqsimotlar Xitoy kapitallari oqimidan ancha orqada qolmoqda», – deydi markazning Nodir mirnerallar xavfsizligi dasturi direktori Greyslin Baskalan.
Xitoy sohadagi eng katta gigant
Xitoy noyob yer elementlarini qazib olish, shuningdek, ularni qayta ishlash sohasida deyarli global monopoliyaga ega. «International Energy Agency» (IEA) hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoy noyob yer elementlari ishlab chiqarishining taxminan 61 foizini va ularni qayta ishlashning 92 foizini tashkil etadi. Bu esa hozirgi kunda Xitoy noyob yer elementlari ta’minot zanjirida ustunlik qilayotganini va qaysi kompaniyalar ta’minot olishi yoki olmasligini hal qilish imkoniyatiga ega ekanini anglatadi.
Biroq Xitoyning bu sohadagi ustunligi bir kunda shakllanmagan. Bu o‘n yillab davom etgan strategik davlat siyosati va sarmoyalarning natijasidir. Ichki Mo‘g‘ulistondagi Bayan-Obo kon shaharchasi noyob yer metallarining eng yirik zaxiralaridan biriga ega.
«Yaqin Sharqda neft bor, Xitoyda esa noyob yer elementlari bor», – degan edi Xitoy iqtisodiy islohotlariga rahbarlik qilgan marhum rahbar Den Syaopin 1992 yilda Ichki Mo‘g‘ulistonga tashrifi chog‘ida.
XX asr oxirlaridan boshlab Xitoy boshqa davlatlarga nisbatan pastroq ekologik standartlar va mehnat xarajatlari sharoitida noyob yer elementlari qazib olish va qayta ishlash salohiyatini rivojlantirishni ustuvor vazifa qildi. Bu ularga jahon bozoridagi raqobatchilarini narx jihatidan ortda qoldirish va qazib olish, qayta ishlash hamda magnit kabi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishgacha bo‘lgan butun qiymat zanjirida deyarli monopoliya yaratish imkonini berdi.
Xitoyning bu qudrati global savdoga qanday ta’sir qiladi?
Endilikda esa bunday qudrat G‘arbni xavotirga solmoqda. Chunki Xitoy undan qurol sifatida foydalana boshlagandi. O‘tgan yil апрел oyida Vashington tomonidan joriy etilgan tariflarga javob sifatida, Xitoy yettita noyob yer mineralining eksportini cheklash bo‘yicha choralar ko‘ra boshladi, ularning aksariyati mudofaa sohasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan «og‘ir» noyob yer elementlari edi. Ular «yengil» noyob yer elementlariga nisbatan kamroq uchraydi va qayta ishlash ancha murakkab, shuning uchun ham qimmatroq hisoblanadi. Shuningdek, ular raketa tizimlari, radarlar va doimiy magnitlar kabi ko‘plab harbiy sohalarda qo‘llaniladi. «F-35» qiruvchi samolyotlari, «Tomahawk» raketalari va «Predator» uchuvchisiz uchish apparatlari kabi mudofaa texnologiyalari aynan shu minerallarga bog‘liq ekani aytiladi. Бu holat Xitoy «o‘q-dori ishlab chiqarishni kengaytirayotgan va ilg‘or qurol tizimlari hamda jihozlarni AQSHga nisbatan besh-olti baravar tez sur’atda qo‘lga kiritayotgan» bir paytga to‘g‘ri келаётgani ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Shundan so‘ng barcha kompaniyalar noyob yer elementlari va magnitlarni mamlakatdan olib chiqish uchun maxsus eksport litsenziyasini olishi shart bo‘ldi. Buning sababi shundaki, Xitoy Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi xalqaro shartnomaning ishtirokchisi sifatida ikki maqsadli mahsulotlar savdosini nazorat qilish huquqiga ega. Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu holat ayniqsa AQSHni zaif holatga soladi, chunki Xitoydan tashqarida og‘ir noyob yer elementlarini qayta ishlash quvvati mavjud emas.
Oktyabr oyida Xitoy noyob yer elementlari eksporti ustidan nazoratni yanada kuchaytirdi. Endi xorijiy kompaniyalar hatto kichik hajmdagi noyob yer elementlarini eksport qilish uchun ham Xitoy hukumatining ruxsatini olishi va ulardan qanday maqsadda foydalanishini tushuntirishi shart.
AQSH Geologiya xizmati hisobotiga ko‘ra, 2020–2023 yillar oralig‘ida AQSH barcha noyob yer birikmalari va metallari importining 70 foizini Xitoydan olgan. Aynan shu sababli Pekin joriy etgan eksport cheklovlari AQSHga jiddiy zarba berish imkoniyatiga ega. Bundan Donald Tramp tariflar orqali qayta tiklashni maqsad qilgan AQSH ishlab chiqarish sektori ham jiddiy ta’sir ko‘rishi mumkin.
Noyob yer metallari elektr transport vositalari dvigatellarining asosiy qismi bo‘lgan magnitlarni ishlab chiqarish uchun zarur.
«Strategik ahamiyatga ega noyob yer materiallari narxi keskin oshishi kutilmoqda, bu smartfonlardan tortib harbiy texnikagacha bo‘lgan keng turdagi mahsulotlar uchun ishlatiladigan komponentlar qiymatini darhol oshiradi», – deydi Birmingem universitetining nodir materiallar bo‘yicha ilmiy tadqiqodchisi Gavin Harper.
Bu esa AQSH kompaniyalari uchun ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Agar Xitoydan bunday tanqislik uzoq muddat davom etsa, AQSH ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilish va ichki qazib olish hamda qayta ishlash quvvatlarini kengaytirishni boshlashi mumkin. Biroq bu «katta va uzluksiz sarmoyalar, texnologik yutuqlar va avvalgi Xitoyga bog‘liqlikka nisbatan yuqoriroq umumiy xarajatlar»ni talab qiladi.
Markaziy Osiyo AQSH uchun yechimmi?
Бu masala allaqachon Trampning kun tartibida. Aprel oyida u AQSHning bunday strategik minerallarga qaramligi milliy xavfsizlikka qanday xavf tug‘dirishini tekshirish bo‘yicha surishtiruv boshlashni buyurdi.
Olti oydan so‘ng, 2025 yil 6-noyabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining «C5+1» formatidagi sammitida ham shu masala ko‘tarildi. Sammitda muhim minerallarni qidirish, qazib olish va chuqur qayta ishlash borasidagi sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish, shuningdek, tayyor mahsulotlarni global yetkazib berish zanjirlariga kiritish uchun Maxsus qo‘mitani tuzish taklif qilindi.
Sammit doirasidagi Qozog‘iston va AQSH prezidentlarining uchrashuvi davomida ikki davlat strategik ahamiyatga ega minerallar bo‘yicha anglashuv memorandumini imzoladi.
Joriy yil 4-fevral kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan O‘ta muhim minerallar bo‘yicha vazirlar yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH давлат kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati o‘rtasida muhim foydali qazilmalar va nodir yer elementlarini qazib olish hamda qayta ishlash sohasida ta’minot barqarorligi to‘g‘risida anglashuv меморандuмиni imzoladi.
18-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonda amerikalik biznes vakillari bilan uchrashuvi davomida «Traxys» kompaniyasining muhim minerallar sohasiga 1 milliard dollar sarmoya kiritish rejasi e’lon qilindi. Prezident qarshisida muhim va noyob yer metallarini qazib olish hamda yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard dollarga baholanmoqda. Ishlab chiqarish quvvati yiliga taxminan 150 tonnani tashkil etadi. Loyihaning keyingi bosqichi may oyiga belgilangan.
«Traxys» vitse-prezidenti Dineen Kennedi O‘zbekiston kompaniya uchun strategik sherikka aylanganini ta’kidladi. U «Navoiyuran» va O‘zbekiston texnologik metallar kombinati bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar samarali kechayotganini qayd etgan.
AQSHning Qozog‘istondagi elchisi Juli Stafft esa 13-fevral kuni mahalliy jurnalistlar bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida AQSH Qozog‘istonni Xitoy nazoratidagi noyob yer minerallariga muqobil deb bilamizmi, degan savolga ijobiy javob berdi.
«Ha. Qozog‘iston haqida ilk bor chuqurroq ma’lumot o‘rganganimda meni hayratga solgan eng katta jihat – bu mamlakatning minerallarga nihoyatda boy ekanidir. Gap faqat bir nechta noyob yer elementi haqida emas, balki ularning juda ko‘p turlari haqida ketmoqda. Hatto dunyodagi noyob yer minerallarining taxminan yarmi Qozog‘iston hududida joylashgan, degan ma’lumotlar bor.
Qozog‘istonning o‘tgan haftadagi vazirlar darajasidagi uchrashuvda faol ishtirok etishi, FORGE deb nomlangan yangi tashkilot – «Forum on Resource Geostrategic Engagement» (Resurslar bo‘yicha geostrategik hamkorlik forumi)ga qo‘shilishi juda katta ahamiyatga ega», – dedi elchi.
Rossiya va Xitoy masalasi
G‘arb mintaqani imkoniyat sifatida ko‘rayotganiga qaramay, Markaziy Osiyo mineral eksportlari asosan Xitoy va Rossiyaga qarab yo‘naltirilgan, bu esa diversifikatsiya va G‘arb bilan hamkorlik imkoniyatlarini cheklaydi. Qozog‘iston, mintaqadagi eng yirik ishlab chiqaruvchi, mineral eksportining 27 foizini Xitoyga va 16 foizini Rossiyaga yo‘naltiradi, AQSH esa faqat 5 foizni tashkil qiladi. O‘zbekiston ham o‘xshash holatda, asosiy eksport yo‘nalishlari Xitoy, Rossiya va Turkiya. Markaziy Osiyoning Xitoy va Rossiyaga qarab yo‘naltirilgan eksport sxemasi mintaqaning Ғарб bozorlari bilan bog‘lanish infratuzilmasining yetishmasligini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, Markaziy Osiyo «Bir kamar, bir yo‘l tashabbusi»ning eng yirik foydalanuvchilaridan biri bo‘lib, faqat 2025 yilning birinchi yarmida 24,3 milliard dollarlik infratuzilma, energetika va konchilik investitsiyalari olgan. Qozog‘iston esa 2013 yilda Xitoy tomonidan «Bir kamar, bir yo‘l tashabbusi» e’lon qilingan joy ekanini ham unutmaslik lozim va o‘n yildan ortiq vaqt o‘tganidan so‘ng ham Pekin mintaqaning mineral logistikasiga sarmoya kiritishda asosiy rolni saqlab qolmoqda.

Markaziy Osiyo oldidagi chaqiriqlar
AQSHdan tashqari, muhim minerallarga boshqa o‘yinchilar – Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Janubiy Koreya ham qiziqish bildirmoqda. Давлатлар o‘rtasidagi raqobat Markaziy Osiyo uchun foydali, chunki bu ularni mintaqa davlatlariga yanada jozibador hamkorlik shartlarini taklif qilishga undaydi. Bunday vaziyat Markaziy Osiyo uchun investitsiyalarni diversifikatsiya qilish va mintaqa mamlakatlarining investitsiya bozorlarini yanada muvozanatli qilish imkoniyatini ochadi.
«Ҳамкорликка o‘z obro‘siga katta e’tibor beradigan, ekologik standartlarga rioya qiladigan va mas’uliyatli ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanadigan dunyoning yetakchi brendlarini jalb qilish muhimdir. Ular eng ilg‘or texnologik yechimlarga ega va bozorda uzoq muddat qoladi, bu esa ularni ishonchli hamkorga aylantiradi», – deydi «Nightingale Int.» siyosiy tahlil agentligi mutaxassisi Eldaniz Guseinov.
Mintaqada yirik o‘yinchilar o‘rtasidagi raqobat ham imkoniyatlar, ham xatarlarni keltirib chiqaradi.
«G‘arb davlatlarining qazib olish sanoatidagi hamkorlik orqali Markaziy Osiyoda kuchayishi Xitoy va Rossiyaning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin, ular esa, o‘z navbatida, javob choralarini ko‘rishlari ehtimoldan xoli emas. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlarining raqobatlashayotgan iqtisodiyotlarning rivojlanishini ta’minlashi strategik ahamiyatga ega – bu yirik davlatlarning bizning turli o‘yinchilar bilan hamkorligimizdan norozi bo‘lishi uchun asosiy turtki bo‘ladi», – deydi Guseinov.
Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, Markaziy Osiyo uchun eng katta xavf yirik davlatlarga shunchaki xomashyo yetkazib beruvchi bo‘lib qolishdir.
TOO «Korporatsiya Kazaxmыs»ning Hukumat bilan aloqalar va tarmoq hamkorligi departamenti direktori, shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ekspert Telman Shuriyevning aytishicha, mintaqa faqat ruda sotish bilan cheklanmay, tayyor mahsulot ishlab chiqarishi shart. Xitoy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, asosiy daromad qazib olishda emas, balki chuqur qayta ishlashda. Shuning uchun hozirgi investitsiya imkoniyatlaridan foydalanib, xomashyo sotish modelidan voz kechish lozim.
Shuriyevning fikricha, Qozog‘iston va O‘zbekiston birgalikda qo‘shma qayta ishlash markazini tashkil qilishi kerak. Bunday formatda xomashyo hajmining jamlanishi loyihalarning o‘zini oqlash darajasini oshiradi, holbuki tarqoq holdagi eksport qayta ishlash quvvatlarini qurishni iqtisodiy jihatdan foydasiz qilib qo‘yadi. Shu bilan birga, Eldaniz Guseinov Markaziy Osiyo o‘ta muhim minerallar sohasida yagona va alohida mintaqa emasligini ta’kidlaydi.
Теглар






