Turkmaniston 2030-yilgacha «tamakidan xoli mamlakat» bo‘lmoqchi

Бугун 18:491 дақиқа

Turkmaniston hukumati 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan yangi milliy dasturni tasdiqlab, mamlakatni tamakidan xoli hududga aylantirishni maqsad qilmoqda.

Turkmaniston 2030-yilgacha «tamakidan xoli mamlakat» bo‘lmoqchi © ТАСС

Turkmanistonda 2030-yilgacha mamlakatni tamakidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha yangi milliy dastur qabul qilindi. Bu haqda TDX davlat axborot agentligi xabar berdi
Hujjatga ko‘ra, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan «Turkmenistonni tamakidan xoli mamlakatga aylantirish milliy dasturi» hamda uni amalga oshirish rejasi tasdiqlangan. Dastur 2-iyun kuni prezident Serdar Berdimuxamedov tomonidan imzolangan.

Dasturning maqsadi

Dasturning asosiy maqsadi aholining jismoniy va ma’naviy salomatligini yaxshilash, tamakiga qarshi kurashish, umr uzoqligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirish ekani ta’kidlanadi.
Hujjatga muvofiq, vazirliklar, idoralar hamda Ashxobod va Arqadag‘ shaharlari hokimliklariga dasturni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Oldingi urinishlar

Turkmanistonda bu yo‘nalishda avval ham bir necha tashabbuslar amalga oshirilgan: 2016-yilda sigaret va tamaki mahsulotlari importi hamda sotuvi bo‘yicha davlat monopoliyasi joriy etilgan. 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan birinchi tamakika qarshi dastur qabul qilingan. Keyin esa 2022–2025 yillar uchun yangi milliy dastur ishga tushirilgan.
Shu bilan birga, rasmiy maqsadlarga qaramasdan, mamlakat hanuz tamakidan to‘liq xoli davlatga aylangani yo‘q.

Теглар

Мавзуга оид