Logo

«Ustoz» agroklaster yoki fermer xo‘jaliklariga har bir «shogird» uchun 5 mln so‘mdan mukofot puli beriladi

Бугун 14:192 дақиқа

Tanlab olingan har bir «ustoz»ga paxta hosildorligi 30 sentnerdan past bo‘lgan 20 tagacha fermer xo‘jaligi «shogird» sifatida biriktiriladi.

«Ustoz» agroklaster yoki fermer xo‘jaliklariga har bir «shogird» uchun 5 mln so‘mdan mukofot puli beriladi

Hukumatning 2026-yil 24-sentabrdagi qarori bilan O‘zbekistonda yangi agrotexnologiyalar asosida paxta va g‘alla yetishtirish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan «yangi agronom»larni tayyorlash va «ustoz-shogird» tizimlari joriy etiladi.

«Yangi agronom» tayyorlash tizimi asosida o‘qish amaliyotiga Toshkent davlat agrar universiteti va qishloq xo‘jaligi sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining mos ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 2 va 3-bosqich talabalari tanlov orqali ishtirok etadi. Tanlov oliy ta’lim tashkilotlarida har yili kamida bir marta o‘tkaziladi.

«Yangi agronom» tizimi doirasida amaliyotini a’lo baholar bilan tamomlagan talabalar maxsus komissiya tomonidan saralanib, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish uchun xorijiy davlatlarga yuboriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari «Ustoz-shogird» tizimi doirasida paxtadan gektariga 50–60 sentnerdan yuqori hosil olgan ilg‘or agroklasterlar va fermer xo‘jaliklariga «ustoz» sifatida tanlovda qatnashishni taklif etadi.

«Ustoz» sifatida tanlab olingan har bir agroklaster yoki fermer xo‘jaligiga paxta hosildorligi 30 sentnerdan past bo‘lgan 20 tagacha fermer xo‘jaligi «shogird» sifatida biriktiriladi.

Har hosil yili yakunida «shogird» fermer xo‘jaligi paxtadan gektariga 50 sentnerdan yuqori hosil olgan «ustoz» agroklaster yoki fermer xo‘jaliklari har bir «shogird» fermer xo‘jaligi uchun 5 mln so‘mdan mukofot puli bilan taqdirlanadi.

«Ustoz-shogird» tizimi doirasida amalga oshiriladigan ishlar Qishloq xo‘jaligi vazirligining «Raqamli qishloq xo‘jaligi» yagona integratsion platformasi orqali nazorat qilinadi. «Ustoz» agroklaster va fermer xo‘jaliklari hamda ularga biriktirilgan «shogird» fermer xo‘jaliklari reyestri vazirlik tomonidan yuritiladi.

Теглар

Мавзуга оид