Logo

Zelenskiy Putinga yana uchrashuv taklif qildi

Putin Ukraina prezidentining avvalgi taklifini rad etib, bunday uchrashuvdan hech qanday ma’no yo‘qligini aytgan edi.

Zelenskiy Putinga yana uchrashuv taklif qildi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish maqsadida Vladimir Putinga G7 sammiti doirasida uchrashuv taklif qilinganini ma’lum qildi.

Bu haqda «Reuters» agentligi xabar berdi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, uchrashuv Fransiyaning Evian shahrida bo‘lib o‘tayotgan G7 sammiti doirasida tashkil etilishi mumkin edi.

«Biz Putin bilan G7 sammiti vaqtida uchrashishga tayyor ekanimizni bildirdik. U yerda Tramp va Makron ishtirok etadi, ya’ni Yevropa va AQSH vakillari ham bo‘ladi. Bu barcha uchun yaxshi imkoniyat deb hisoblaymiz», — dedi Zelenskiy.

Moskva javob bermagan

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari va AQSH mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. Biroq Rossiya tomonidan rasmiy javob kelmagan.

«Yevropa va Qo‘shma Shtatlar o‘zaro kelishuvga erishdi, Rossiya esa muloqotga tayyor emasligini yana bir bor ko‘rsatdi», — dedi Ukraina rahbari.

Kiyevdagi manbaning «Reuters» agentligiga bildirishicha, taklif to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya vakillariga yetkazilgan, ammo aniq javob olinmagan.

Uchrashuv g‘oyasi avval ham ilgari surilgan

Zelenskiy 4-iyun kuni ham Putinga ochiq maktub yo‘llab, urushni tugatish masalasini muhokama qilish uchun shaxsiy uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan edi.

Shuningdek, u muzokaralarga Yevropa davlatlari va AQSHni jalb qilish zarurligini ta’kidlagan.

AQSH prezidenti Donald Tramp ham Ukraina va Rossiya yetakchilari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagan.

Biroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin mazkur ochiq maktub bilan tanishganini aytgan holda, hozirgi sharoitda bunday uchrashuv o‘tkazishdan ma’no ko‘rmayotganini bildirgan.

Теглар

Мавзуга оид