add

110 yoshida uylanib, farzand ko‘rgan saudiyalik erkak 142 yoshida vafot etdi

Kecha 22:551 daqiqa

Marhumning oilasiga ko‘ra, u 40-martadan ortiq haj ziyoratiga borgan, 134 nafar farzandi va nabirasi bo‘lgan

110 yoshida uylanib, farzand ko‘rgan saudiyalik erkak 142 yoshida vafot etdi

Saudiya Arabistonining eng keksa kishisi Nosir bin Radan al-Rashid al-Vadaiy 142 yoshida vafot etdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Janoza namozi Qirollikning janubiy hududidagi Zahron al-Janubda o‘qildi, shundan so‘ng u o‘zi tug‘ilib o‘sgan Al-Rashid qishlog‘ida dafn etildi.

Dafn marosimida 7000 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Al-Vadaiy Saudiya Arabistoni birlashtirilishidan oldin tug‘ilgan va zamonaviy Saudiya davlati asoschisi Qirol Abdulazizdan tortib, Qirol Salmongacha bo‘lgan Qirollik rahbarlari davrida yashab o‘tgan.

Uning hayoti mamlakatdagi bir asrdan ortiq davom etgan yirik siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni qamrab oldi. Oila a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, u 40-martadan ortiq Haj ziyoratini amalga oshirgan va kuchli diniy taqvosi bilan tanilgan.

Undan 134 nafar farzand va nabira qolgan. Xabar qilinishicha, u oxirgi marta 110 yoshida uylangan va shundan so‘ng qiz farzand ko‘rgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, e’lon qilingan ushbu rekord yosh rasmiy hujjatlar bilan to‘liq tasdiqlanmagan va uzoq umr ko‘rish ko‘rsatkichlarini tekshirish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olinmagan. Hozirgacha rasmiy ravishda dunyodagi eng keksa inson sifatida 122 yoshgacha umr ko‘rgan fransiyalik Janna Kalman qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid