14 barobar o‘sish: «O‘zbektelekom» 2025-yil rekord darajada foyda oldi

Bugun 14:251 daqiqa

Kompaniya foydasi o‘tgan yili 509,9 mlrd so‘mni tashkil qilib, xizmat ko‘rsatish sohasida eng yirik soliq to‘lovchilardan biriga aylandi.

14 barobar o‘sish: «O‘zbektelekom» 2025-yil rekord darajada foyda oldi

O‘zbekistondagi yirik aloqa operatorlaridan biri — «O‘zbektelekom» AJ 2025-yil uchun moliyaviy hisobotini e’lon qildi.

Yil davomida kompaniya sof foydasi 590,9 mlrd so‘mni (+14,2 barobar o‘sish) tashkil qildi. Taqqoslash uchun 2024-yildagi foyda 41,7 mlrd so‘m, 2023-yildagisi esa 25,4 mlrd so‘m bo‘ldi.

Foydaning keskin oshishi kompaniya daromadi sezilarli ko‘payib, xarajatlar kamroq o‘sgani bilan izohlanadi. O‘tgan yilda daromad 1,5 trln so‘mga oshib, 10,5 trln so‘mga yetdi.

«O‘zbektelekom» 10,5 trln so‘m daromad olish uchun mahsulot tannarxiga 6,7 mlrd so‘m xarajat qildi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning umumiy aktivlari ham 470 mlrd so‘mga oshib, 13,5 trln so‘mga yetdi. Kompaniyaning amaldagi ustav kapitali 326 mlrd so‘m bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, 2025-yil yakuni bo‘yicha «O‘zbektelekom» eng ko‘p soliq to‘lovchi xizmat ko‘rsatish korxonalari orasida ikkinchi o‘rinda turadi. Yil davomida to‘langan soliqlar 1,36 trln so‘mdan oshgan.

Davlat budjetiga to‘langan mablag‘larning asosiy qismi QQS va jismoniy shaxslardan olinadigan daromadlar hisobiga shakllangan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent fond birjasida kompaniya aksiyalari bilan savdolar 2026-yil 25-fevraldan boshlab 2 oy muddatga to‘xtatilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda aloqa operatorlari qancha soliq to‘layotgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid