add

2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonda yong‘inlar oqibatida 67 kishi halok bo‘ldi

Kecha 17:571801 daqiqa

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq yong‘in sodir bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan hodisalar soni 17 foizga ko‘paydi.

2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonda yong‘inlar oqibatida 67 kishi halok bo‘ldi

2025-yilning o‘tgan 11 oyi davomida O‘zbekiston bo‘ylab jami 10 222 ta yong‘in qayd etilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga ortdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxo‘jayev 17-dekabrdagi Parlament yalpi majlisida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, yong‘inlar oqibatida 102 nafar fuqaro turli darajada jarohat olgan, 67 kishi esa halok bo‘lgan. Vazirning aytishicha, hodisalarning asosiy sabablari ehtiyotsizlik, isitish pechlari hamda elektr uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq. Yong‘inlarning 76 foizi aholi yashash xonadonlarida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yong‘inlar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida 2025 yil kuz mavsumida bir qator umummilliy kampaniyalar boshlangan. Xususan, 1-oktabrdan «Yong‘indan ogohlik», 1-noyabrdan favqulodda vaziyatlar profilaktikasi, 1-dekabrdan esa Yong‘in xavfsizligi oyligi amalga oshirilmoqda.

Vazir, shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan Toshkent viloyatida «Mahalla muhofazasi» sinov loyihasi ishga tushirilishini ma’lum qildi. Ushbu loyiha doirasida pechlar va mo‘rilarga professional texnik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 323 mingdan ortiq korxona va tashkilotning 80 mingtasi tekshiruvdan o‘tkazilib, aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha choralar ko‘rilgan.

Teglar

Mavzuga oid