add

2025 yilda O‘zbekistonda 59 ta yangi maktab ochildi

Bugun 12:351682 daqiqa

2025 yil davomida mamlakat bo‘yicha maktablarning umumiy soni 10 193 taga yetgani ma’lum qilindi.

2025 yilda O‘zbekistonda 59 ta yangi maktab ochildi

Brifingda ma’lum qilinishicha, 2025 yilda 59 ta yangi maktab ishga tushirilib, mamlakat bo‘yicha maktablar umumiy soni 10 193 taga yetkazildi.

Natijada maktab o‘quvchilari soni 6,5 million nafarni tashkil etdi. Bu aholi o‘sishi sharoitida ta’lim tizimiga tushayotgan yuklamani barqaror ta’minlash va o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, 2024–2025 o‘quv yili yakunida 433 ming 503 nafar 11-sinf va 633 ming 952 nafar 9-sinf bitiruvchisiga davlat namunasidagi shahodatnomalar topshirildi.

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ham ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 78 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi esa 98 foizga yetkazildi. Bu ko‘rsatkichlar bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar samarasi sifatida baholanmoqda.

Infratuzilmani yaxshilash doirasida maktablarning 43 tasida yangi qurilish ishlari olib borildi, 371 ta maktab rekonstruksiya qilindi, 88 tasida esa mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham qurilish va yangilash jarayonlari jadal davom etdi: 103 ta yangi obyekt qurildi, 191 tasi rekonstruksiya qilindi, 36 tasi kapital ta’mirdan chiqarildi.

Ushbu ishlar natijasida maktablarda qariyb 142 mingta qo‘shimcha o‘quv o‘rni yaratildi, shuningdek, 92 ming 400 o‘rinli mavjud binolar mukammal ta’mirlandi. Bu hududlarda ikki smenalik ta’limni qisqartirishga xizmat qilmoqda.

Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Prezident iqtidorli farzandlari» milliy dasturi ishga tushirilib, unga 2 ming 642 ta ariza qabul qilindi. Shu bilan birga, ta’lim muassasalari rahbarlarini rag‘batlantirish maqsadida maktab direktorlari bazaviy tarif stavkalari 20 foizga, direktor o‘rinbosarlariniki esa 15 foizga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi 95 foiz maktablarda hojatxonalar tashqarida joylashgani ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid